Yangi Toshkentda 14 ta tunnel va 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava gosudarstva oznakomilsya s xodom stroitelstva transportnoy infrastrukturi i injenernix kommunikatsiy v Novom Tashkente.
Glava gosudarstva oznakomilsya s xodom stroitelstva transportnoy infrastrukturi i injenernix kommunikatsiy v Novom Tashkente.

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2024
Obuna bo‘lish
Yangi Toshkent 1 million aholi yashashiga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Yangi Toshkentda transportlar qatnovi uchun 14 ta tunnel, 100 ming avtomobilga mo‘ljallangan yer osti turargohlari quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev shaharadagi transport infratuzilmasi va muhandislik tarmoqlari qurilishi bilan tanishish chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumki, mazur shahar 1 million aholi yashashiga mo‘ljallangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava gosudarstva oznakomilsya s xodom stroitelstva transportnoy infrastrukturi i injenernix kommunikatsiy v Novom Tashkente.
Glava gosudarstva oznakomilsya s xodom stroitelstva transportnoy infrastrukturi i injenernix kommunikatsiy v Novom Tashkente.

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2024
Glava gosudarstva oznakomilsya s xodom stroitelstva transportnoy infrastrukturi i injenernix kommunikatsiy v Novom Tashkente.
“Shaharda ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. Transportlar qatnovi uchun 14 ta tunnel, 100 ming avtomobilga mo‘ljallangan yer osti turargohlari quriladi. Piyodalar hamda velosipedchilarning to‘siqsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun keng qulaylik yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagilar amalga oshirilmoqda:
Bo‘lajak chorrahalardan birida ustunlar poydevorini quyish va gidroizolyatsiya ishlari bajarilmoqda;
Ayni paytda bir va ikki seksiyali muhandislik kollektorlari qurilishi boshlangan;
Shaharda zamonaviy urbanizatsiya talablari asosida “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi;
Mamlakatdailk bor “uch generatsiya” stansiyasi quriladi;
Oqova suvlar ham zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.
PrezidentgaYangi Toshkentning birinchi bosqichida ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ham axborot berildi.
“Auksion orqali sotuvga chiqarilgan yer uchastkalari g‘oliblari o‘zlarining investitsiyaviy loyihalarini taqdim etishdi. Shaharga ko‘plab mahalliy va xorijiy investorlar qiziqish bildirmoqda. Xususan, birinchi bosqichda 490 million dollar qiymatidagi 11 ta ko‘p funksiyali (mix-used) majmua, mehmonxona va restoranlar loyihalari boshlangan”, —deya qayd etilgan xabarda.
Qayd etilishicha, kelajakda shaharda innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT-park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0