O‘zbekiston FVV maslahati: Yangi yilni tog‘da qanday xavfsiz o‘tkazish kerak?
© Sputnik / Baxrom XatamovZimniy otdix v gorax
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari Yangi yil bayramlarini tog‘da o‘tkazishadi. Bunday ta’tilni tanlashda, uzoq kutilgan dam olish kunlari talofatsiz o‘tishi uchun, birinchi navbatda, xavfsizlikni unutmaslik kerak.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston tog‘larida nafaqat qor qoplagan tabiat, toza havodan bahramand bo‘lish, balki shahar shovqinidan dam olish mumkin. Faol dam olishni yaxshi ko‘ruvchilar chang‘i, snoubord va qor avtomashinalari, shuningdek, tog‘ yo‘llari bo‘ylab sayr kutmoqda.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Shuhrat Azimov ta’kidlashicha, Yangi yil bayramlarini nishonlash chog‘ida tog‘li hududlarda, xususan, tog‘-chang‘i kurortlarida FVVning qidiruv-qutqaruv, shuningdek, yong‘in-qutqaruv otradlari tomonidan tunu kun navbatchilik tashkil etiladi.
Chimon tog‘-chang‘i kurortida tog‘-qutqaruv va yong‘in-qutqaruv guruhlari, Bo‘stonliq viloyati sayyohlik politsiyasi, patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari, Milliy gvardiya xodimlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, Bo‘stonliq tumani tez tibbiy yordam brigadalari va YPX xodimlari navbatchilik qilmoqda.
“Bayram paytida tez yordam xizmatiga murojaat qilishingiz kerak bo‘lsa, buni quyidagicha qilishingiz mumkin: 101, 1050, 112 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek, kurort xodimi, dam oluvchi fuqarolar, voqea guvohi bilan bog‘laning”, — deya tushuntiradi Shuhrat Azimov.
Shuningdek, FVVning qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatlar va vaziyatlarda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlangani hamda faol va passiv yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini qo‘shimcha qildi.
Xususan, bular:
tog‘larda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish;
jabrlanganlarni tog‘li hududlardan va chang‘i yonbag‘irlaridan evakuatsiya qilish;
jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
psixologik yordam ko‘rsatish;
yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish;
yong‘in sodir bo‘lganda yordam.
Sayohat faqat eng yoqimli taassurot qoldirishi uchun mutaxassislar unga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni maslahat berishadi - marshrutni oldindan rejalashtirish, oila va do‘stlarni joylashuv va kutilgan qaytish vaqti haqida xabardor qilish.
© Sputnik / Baxrom XatamovZimniy otdix v gorax
Zimniy otdix v gorax
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ob-havo ma’lumotlarini haqida xabarodr bo‘lish kerak. Tog‘larda ob-havo sharoiti juda tez o‘zgarishi mumkin va qattiq sovuq va qor yog‘ishiga tayyor bo‘lish muhimdir. Mahalliy landshaftning xususiyatlari va mumkin bo‘lgan evakuatsiya yo‘llari haqida oldindan bilib olish ham kerak.
To‘g‘ri kiyimda bo‘lish muhimdir - tog‘larda bir necha qatlamlarda, shu jumladan termal ichki kiyimda kiyinish tavsiya etiladi. Uskunalar haqida unutmang - o‘zingiz bilan tog‘ etikasi, arqonlar, birinchi tibbiy yordam to‘plami va telefon zaradlash moslamalarini olishingiz kerak.
Mutaxassislarning eslatishicha, chang‘ichilar va snoubordchilar tog‘ yonbag‘irlarida ayniqsa ehtiyotkor bo‘lishlari kerak.
© Sputnik / Baxrom XatamovZimniy otdix v gorax
Zimniy otdix v gorax
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Yolg‘iz uchmang. Jarohatlangan taqdirda yordam o‘z vaqtida kelmasligi mumkin. Ko‘chki zonalariga ehtiyot bo‘ling. Agar siz qor ko‘chkisi tushishi mumkin bo‘lgan hududlarda sayr qilishni yoki chang‘ida uchishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, qor ko‘chkisi faolligi prognozini o‘rganib chiqing va ayniqsa qor yog‘ganidan keyin bunday joylardan saqlaning”, — deya ogohlantiradi FVV.
Shuningdek, tog‘larda spirtli ichimliklarni ichish reaksiyaga va favqulodda vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkinligi qayd etildi. Tog‘lar, ayniqsa, uzoq yurishlar uchun biroz jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Agar o‘z qobiliyatingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, unchalik qiyin bo‘lmagan yo‘llarni tanlash yaxshidir.