Osiyo boksi: O‘zbekistondan kimlar eng yaxshi ustoz va eng yaxshi bokschi bo‘ldi?

© O‘zbekiston boks federatsiyasiO‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2024
Obuna bo‘lish
Uch nafar o‘zbekistonlik o‘z yo‘nalishlarida tengsiz deb topildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Osiyo boks konfederatsiyasi yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshilarni e’lon qildi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
“Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev qit’a boksida eng yaxshi ustoz deb topildi. Shuningdek, kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempioni Feruza Kazakova U22 yosh toifasida, o‘smirlar o‘rtasida qit’a chempioni Maftuna Yangiyeva ham o‘z yosh toifalarida eng yaxshi deb e’tirof etilgan”, — deyiladi xabarda.
Qolaversa, Osiyo boks konfederatsiyasi O‘zbekiston terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qit’a sharafini munosib himoya qilgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lumot uchun, To‘lqin Qilichev “Milliy sport mukofoti-2024” tanlovida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyada g‘alaba qozongan.
Yangiliklar lentasi
0