Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston “Shimol-Janub” transport yo‘lagini rivojlantirishda qatnashishi mumkin

© Sputnik / Sergey SubbotinTransportniy koridor "Sever-Yug".
Transportniy koridor Sever-Yug. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2024
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘lak orqali ikki tomonlama va tranzit tashishlarni rivojlantirishda ishtirok etish ishlari ustida ish olib borilmoqda.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bir nechta mamlakatlar bilan ularning “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirishda ishtirok etishini muhokama qilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) energetika va infratuzilma bo‘yicha vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir muhokamalar O‘zbekiston, Ozarbayjon, Eron, Bahrayn, Hindiston, Keniya, Qatar, BAA, O‘mon hamda Saudiya Arabistoni bilan olib borilmoqda.
Kojoshev Eron YeOII huzurida kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza bergani, O‘zbekiston esa allaqachon kuzatuvchi davlat ekanini qayd etdi.

"Ushbu yo‘lak orqali ikki tomonlama va tranzit tashishlarni rivojlantirishda ishtirok etish ishlari ustida ish olib borilmoqda”, - dedi YeIK vaziri "Izvestiya" bilan suhbatda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sa’y-harakatlar “tor joylarni” bartaraf etish hamda “choksiz” logistikani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Eslatamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyidagi YeOIIning yubiley sammitida “Shimol-Janub” transport yo‘lagini Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqadigan qilib rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidlagan edi.
“Shimol-Janub” xalqaro yo‘lagi O‘zbekiston uchun qanday imkoniyatlarni ochib beradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Matbuot markazi
“Shimol-Janub” xalqaro yo‘lagi O‘zbekiston uchun qanday imkoniyatlarni ochib beradi?
Yangiliklar lentasi
0