https://oz.sputniknews.uz/20241228/ozbekistton-raqamli-texnologiyalar-47362341.html
O‘zbekiston raqamli texnologiyalarni qanday rivojlantiradi?
O‘zbekiston raqamli texnologiyalarni qanday rivojlantiradi?
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi. Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inxa universitetlarida sun’iy intellekt bo‘yicha laboratoriyalar ochiladi.
2024-12-28T09:47+0500
2024-12-28T09:47+0500
2024-12-28T09:47+0500
jamiyat
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
raqamli texnologiyalar vazirligi
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47362179_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_cb9567493ef760f42263551a761583d4.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.Ta’kidlanishicha, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi. Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inxa universitetlarida sun’iy intellekt bo‘yicha laboratoriyalar ochiladi.Mutasaddilarga sun’iy intellekt asosida ishlaydigan loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Tarmoq korxonalarida boshlangan transformatsiya ijobiy natija berayapti. Shu yilning o‘zida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga oshib, 21 trillion so‘mga yetgan. “O‘zbektelekom” kompaniyasi daromadi 9 trillion so‘mdan oshgan.Endi kelgusi yil boshqaruvni to‘liq raqamlashtirib, xarajatlarni iqtisod qilish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingni olish zarurligi ta’kidlandi.Taqdimotda sun’iy intellektga doir qonuniy asoslarni yaratish, raqamli texnologiyalar sohasida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241122/suniy-intellekt-boyicha-sputnik-pro-mahorat-darsi-46766807.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47362179_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b6da11b2e1de83a5536c25cfbbf8ad97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistrn sun’iy intellekt raqamli rivojlanish
o‘zbekistrn sun’iy intellekt raqamli rivojlanish
O‘zbekiston raqamli texnologiyalarni qanday rivojlantiradi?
Davlat idoralarining 3 ming nafar xodimi, hokimlar va o‘rinbosarlarining sun’iy intellekt bo‘yicha malakasi oshiriladi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi. Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inxa universitetlarida sun’iy intellekt bo‘yicha laboratoriyalar ochiladi.
Davlat idoralarining 3 ming nafar xodimi, hokimlar va o‘rinbosarlarining bu borada malakasi oshiriladi.
Mutasaddilarga sun’iy intellekt asosida ishlaydigan loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Tarmoq korxonalarida boshlangan transformatsiya ijobiy natija berayapti. Shu yilning o‘zida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga oshib, 21 trillion so‘mga yetgan. “O‘zbektelekom” kompaniyasi daromadi 9 trillion so‘mdan oshgan.
Endi kelgusi yil boshqaruvni to‘liq raqamlashtirib, xarajatlarni iqtisod qilish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingni olish zarurligi ta’kidlandi.
Taqdimotda sun’iy intellektga doir qonuniy asoslarni yaratish, raqamli texnologiyalar sohasida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.