https://oz.sputniknews.uz/20241228/davlat-sirlari-qonun-47365546.html
Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi – tafsilotlar
Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi: maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”; maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”; maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.
2024-12-28T15:52+0500
2024-12-28T15:52+0500
2024-12-28T15:52+0500
siyosat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_0:35:1200:710_1920x0_80_0_0_849687157f6323b2aba3a6ee01499d4a.jpg.webp
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 27-dekabr kuni O‘zbekistonda Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonun (O‘RQ-1016-son) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘lik boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun - 30-yildan va xizmat siri uchun - 10-yildan oshmasligi kerak.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_140:0:1038:673_1920x0_80_0_0_28f04667de610741627baef6f1b975e6.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat sirlari qonun
Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi – tafsilotlar
Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 27 dekabr kuni O‘zbekistonda Davlat sirlari to‘g‘risidagi qonun (O‘RQ-1016-son) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali
xabar berdi. Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘lik boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati prezident tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun - 30-yildan va xizmat siri uchun - 10-yildan oshmasligi kerak.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.