Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina harbiylari 2025-yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda — OAV

© © AP Photo / Ukrainian 24th Mechanised Brigade/Oleg PetrasiukUkrainskie voyennie. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Obuna bo‘lish
Ukrainalik harbiy: Ukraina qurolli kuchlari askarlari allaqachon janglardan charchagan.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Ukraina harbiylari 2025-yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda, chunki ular dam olishni xohlashmoqda, deb yozadi “Washington Post”.
“2025 yilda o‘t ochishning ehtimoliy to‘xtatilishi haqida so‘ralganda, askarlar <...> dam olishni mamnuniyat bilan qabul qilishlarini aytishdi”, - deyiladi materialda.
33-mexanizatsiyalashgan brigadadan ukrainalik harbiy Feliksning nashrga aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari askarlari allaqachon janglardan charchagan. Feliks 20-yanvar kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasidan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga umid qilayotganini aytdi.
“Bunday davom etib bo‘lmaydi. <...> Agar bizning amaldorlarimiz bunga chek qo‘ya olmasa, ehtimol Tramp muvaffaqiyat qozonadi”, - deya ta’kidladi harbiy.
Tramp Ukraina mojarosi mavzusida bir necha bor gapirgan, siyosatchining saylovoldi kafolatlaridan biri mojaroni bir kunda hal qilish va’dasi edi. Rossiyada mojaroni bunday oddiy yechim uchun juda murakkab muammo deb hisoblashadi.
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kelasi yil Ukraina mojarosining yakunlanishini istisno qilib bo‘lmaydi — Rossiya Davlat dumasi
Yangiliklar lentasi
0