Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tish
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Obuna bo‘lish
2025 yil 1-oktabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi. “Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.
Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.
Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;
telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.
2025/2026 o‘quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 2025-yil 1-oktabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0