Oqtovdagi samolyot halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba akimata Mangistauskoy oblastiPravitelstvennaya komissiya nachala rabotu na meste krusheniya samoleta v Aktau
Pravitelstvennaya komissiya nachala rabotu na meste krusheniya samoleta v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Obuna bo‘lish
AZAL dastlabki o‘rganishlardan so‘ng samolyotga tashqi ta’sir bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Oqtovdagi samolyot halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Rossiya tomonining ma’lum qilishiga ko‘ra, aviahalokat sodir bo‘lgan kuni Grozniy aeroporti hududida vaziyat juda og‘ir bo‘lgan. Ukraina dronlari Grozniy va Vladikavkazning fuqarolik infratuzilmasiga terrorchilik hujumlari uyushtirayotgan bo‘lgan.
️Shu sababli Grozniy aeroporti hududida “kovor” rejimi kiritilgan edi. Bunda barcha samolyotlar hududni zudlik bilan tark etilishi nazarda tutilgan. ️Bundan tashqari, Grozniy aeroporti hududida qalin tumayn tufayli 500 metr balandlikda hech narsa qo‘rinmas edi.
O️zarbayjon havo yo‘llari (AZAL) samolyoti komandiri samolyotni Grozniyga qo‘ndirishga ikki marta urinib ko‘rdi, ammo u muvaffaqiyatsiz tugadi. Shundan so‘ng u Oqtov aeroportiga borishga qaror qildi.
️Samolyot halokati haqida ma’lum bo‘lganidan so‘ng Rossiya zudlik bilan qozog‘istonlik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan to‘liq va har tomonlama hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.
Ozarbayjon havo yo‘llari (AZAL) dastlabki o‘rganishlardan so‘ng samolyotga tashqi ta’sir bo‘lganini ma’lum qildi.
AZAL 28-dekabrdan boshlab Rossiya janubidagi Sochi, Vladikavkaz, Grozniy, Samara, Volgograd va yana bir necha shaharlarga parvozlarini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi.
Lekin Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Astraxan, Qozon va Novosibirskka parvozlar amalga oshirishda davom etadi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ayrim xorijiy OAVlarda paydo bo‘lgan go‘yoki Rossiya Qozog‘iston va Ozarbayjon TIVlariga yagona pozitsiya ishlab chiqish borasida murojaat qilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Mesto krusheniya samoleta bliz Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Mirziyoyev samolyot halokati munosabati bilan Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0