Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mirziyoyev YeOII sammitida qanday takliflarni ilgari surdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev YeOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) o‘tkazildi. Unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, YeOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi. Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.
O‘zbekiston prezidenti so‘zining avvalida so‘nggi yillarda mamlakat kuzatuvchi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.
2024 yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda 40 taga yaqin chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi. Kelgusi yil mart oyida qo‘shma Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi. Prezident o‘zaro savdodagi savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etishga chaqirdi. O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasidagi savdoda tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish taklif etildi. Yaqin kelajakda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.
O‘zbekiston yetakchisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitimda O‘zbekistonning ishtirok etishi, shuningdek, bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tez fursatda joriy etish tarafdori ekanini ta’kidladi. Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va vositalariga qo‘shilishdan manfaatdorlik bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
“Qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun ishonchli moliyaviy manbalarni shakllantirish maqsadida kelgusi yil boshida tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi prezident.
YeOII Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini 2025-yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazish taklif etildi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi. O‘zbekistonni YeOIIning integratsiyalashgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulash tashabbusi ilgari surildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Shavkat Mirziyoyev v gorode Sankt-Peterburge prinyal uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v statuse nablyudatelya
Agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni yengillashtirish, innovatsion agrosanoat loyihalarini amalga oshirish va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan kooperatsiya dasturini tayyorlash taklif etildi. Mirziyoyev YeOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zavershil rabochiy vizit v gorod Sankt-Peterburg i otbil v Tashkent
Shavkat Mirziyoyev zavershil rabochiy vizit v gorod Sankt-Peterburg i otbil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Shavkat Mirziyoyev zavershil rabochiy vizit v gorod Sankt-Peterburg i otbil v Tashkent

Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Vneshnetorgoviy oborot Uzbekistana so stranami YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi oshishda davom etmoqda
Yangiliklar lentasi
0