Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

G‘alaba tayyorgarlikni talab qiladi — video

Obuna bo‘lish
Biz hujumni avval poligonda mashq qildik, keyin esa osonlikcha dushman pozitsiyalarini egallab oldik — ofitser.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. G‘alaba qozonish uchun odamlar ham texnika ham yaxshi tayyorlangan bo‘lishi kerak, deydi Xarkov yo‘nalishida jang qilayotgan guruh rahbari.
"Biz jangovar topshiriqni olganimizdan so‘ng dastlab shaxsiy tarkib bilan uni qanday amalga oshirishni poligonda mashq qildik. Keyin bo‘lajak hujum hududida razvedka o‘tkazdik. Shundan so‘ng radioelektron kurash vositalari bilan dushmanning radiochastotalarni to‘sib qo‘ydik. Keyin esa maxsus texnikada 2-3 kishilik guruhlardan iborat desant tashladik va tez orada belgilangan pozitsiyalarni egallab oldik.

G‘alabaning siri oddiy — u yaxshi tayyorgarlikni talab qiladi. Odamlar ham texnika ham yaxshi tayyorlangan bo‘lishi kerak", - deb hikoya qildi chaqiruv belgisi "Quvnoq" bo‘lgan ofitser.

Ukraina o‘zining eng kuchli bo‘linmalarini Kursk yo‘nalishiga tashlaganidan so‘ng Rossiya Qurolli kuchlari so‘nggi oylar davomida DXR va LXR hududini tezkorlik bilan ozod qilmoqda. Vladimir Putin "kuniga bir necha o‘nlab kvadrat kilometrlar" ozod qilinayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Kursk viloyatida qolgan Ukraina askarlari qattiq iskanjaga olingan. Ular ta’minotdan deyarli uzilgan va har kuni ko‘plab yo‘qotishlarga duch kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0