Bu tarixiy voqea — Mirizoyev "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNakanune Ramazan xayita, Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil narod s etim svetlim prazdnikom.
Nakanune Ramazan xayita, Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil narod s etim svetlim prazdnikom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2024
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi, Xitoydan Yevropaga yuklarni yetkazib berish muddati deyarli bir haftaga qisqaradi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" yangi magistral temir yo‘li qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan anjuman ishtirokchilarini tabrikladi.
"Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30-yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir. Sizlarning ishtirokingizda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yangi transport arteriyasi yaratilmoqda. U Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy bilan qisqa yer usti yo‘li orqali bog‘laydi, davlatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
<...>Koshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu magistral yo‘lning ishga tushirilishi mintaqaviy savdo va investitsiyalar hajmini bir necha barobar ko‘paytirish, transport xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, Markaziy Osiyoning ulkan tranzit salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish masofasi va muddati bir necha ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yo‘lovchilarni muntazam tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.
Bundan, hech shubhasiz, barcha mamlakatlar iqtisodiy foyda ko‘radi. Yuzlab yangi korxonalar va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratiladi", - deyiladi prezident tabrik so‘zida.
Yangiliklar lentasi
0