Toshkentda Yangi yil bayramining bosh archasi tantanali ravishda ochildi
Toshkentda Yangi yil bayramining bosh archasi tantanali ravishda ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 25-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldida Yangi yil bayramining bosh archasi ochildi. 26.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
Archa balandligi 33 metrni, yulduzi bilan esa 35 metrni tashkil etadi. U 33 mingta o‘yinchoq va 14 ming metrlik 3500 ta girlyandalar bilan bezatilgan. Maydondagi bosh archadan tashqari, yana to‘rtta kichik archa o‘rnatilgan. Shuningdek, 300 tadan ortiq dekorativ element va bayram tadbirlari uchun katta sahna ham tayyorlangan. Yangi yilning bosh archasi 10-yanvargacha ochiq bo‘ladi.O‘zbekiston bosh archasi va bayram tadbirlari manzillari — infografikaYangi yil bayramining bosh archasi — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
Toshkentda 25-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldida Yangi yil bayramining bosh archasi ochildi.
Archa balandligi 33 metrni, yulduzi bilan esa 35 metrni tashkil etadi. U 33 mingta o‘yinchoq va 14 ming metrlik 3500 ta girlyandalar bilan bezatilgan.
Maydondagi bosh archadan tashqari, yana to‘rtta kichik archa o‘rnatilgan. Shuningdek, 300 tadan ortiq dekorativ element va bayram tadbirlari uchun katta sahna ham tayyorlangan. Yangi yilning bosh archasi 10-yanvargacha ochiq bo‘ladi.