https://oz.sputniknews.uz/20241226/toshkent-2045-yil-bosh-reja-47320757.html
Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi — tafsilotlar
Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
2045 yilgacha jamoat transportidan foydalanish 60 foizgacha oshishi kutiladi. 26.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-26T17:14+0500
2024-12-26T17:14+0500
2024-12-26T17:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
yangi qaror
transport
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37244392_0:199:3071:1926_1920x0_80_0_0_a6274c4099390ce346e4e7fb34bf8059.jpg
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Toshkent shahrining 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 880-sonli qarori qabul qilindi. Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi. Bosh reja aholi ehtiyojlari, ekologik zonalarni va madaniy merosni himoya qilishni inobatga olgan holda shaharni muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan. Bosh reja infrotuzilmani modernizatsiya qilish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va yashil maydonlarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Hujjatga ko‘ra, bu shaharning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Bosh rejada quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor qaratilgan: Toshkentda mavjud yashil maydonlar 7 120,9 gektarni tashkil etadi. Bundan 893 gektar yashil maydonlar umumiy foydalanish, 5 102 gektar cheklangan yashil maydonlar hamda 1 125 gektar maxsus yashil maydonlardan iborat. Bosh reja doirasida 10 000 gektar qo‘shimcha yashil maydonlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, shahar atrofi bo‘ylab 15 000 gektar yer maydonida yashil belbog‘ barpo etiladi. Shahar aholisi jonboshiga bugungi kunda to‘g‘ri keladigan 3 kvadrat metr yashil hudud davriy muddatda 8 kvadrat metrga yetkazilishi rejalashtirilgan. Toshkentda umumiy hisobda 836 km uzunlikda yo‘llar mavjud. Bosh reyeja doirasida aholining harakatlanishiga bo‘lgan talabini qondirish hamda transport oqimi barqarorligini ta’minlash maqsadida davriy muddatda qo‘shimcha 647 km yangi yo‘llar qurilib, mavjud 140 km yo‘llar kengaytiriladi. Jamoat transportidan foydalanish ulushini oshirish, shaharning ko‘chalaridagi avtomobillar sonini qisqartirish maqsadida 27 ta transport tarmog‘i markazlari, yangi metropoliten yo‘llari barpo etilishi rejalashtirilgan. 2045-yilgacha jamoat transportidan foydalanish 60 foizgacha oshishi kutiladi. Bosh reja ikki bosqichda, xususan “birinchi navbatda – 2023-yilgacha" va “hisob davri 2045-yilgacha” amalga oshiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37244392_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_86ed309c5c7ca0b3ab233d11f802d46b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, yangi qaror, transport, qurilish
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, yangi qaror, transport, qurilish
Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi — tafsilotlar
2045 yilgacha jamoat transportidan foydalanish 60 foizgacha oshishi kutiladi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Toshkent shahrining 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 880-sonli qarori
qabul qilindi. Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.
Bosh reja aholi ehtiyojlari, ekologik zonalarni va madaniy merosni himoya qilishni inobatga olgan holda shaharni muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan.
Bosh reja infrotuzilmani modernizatsiya qilish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va yashil maydonlarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Hujjatga ko‘ra, bu shaharning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Bosh rejada quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor qaratilgan:
shaharning hududlarini zonalarga ajratish;
aholining harakatlanishiga bo‘lgan talabini qondirish hamda transport oqimi barqarorligini ta’minlash;
shaharning hududlari zichlik parametrlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida shaharsozlik talablarini belgilash.
“Bosh rejaning Toshkent shahri ma’muriy chegaralari doirasidagi asosiy ko‘rsatgichlari quyidagilar: umumiy maydoni 43 873 gektar, aholi soni 3,0 mlndan hisobot davrida 7,4 mlngacha”, — deyilgan hujjat matnida.
Toshkentda mavjud yashil maydonlar 7 120,9 gektarni tashkil etadi. Bundan 893 gektar yashil maydonlar umumiy foydalanish, 5 102 gektar cheklangan yashil maydonlar hamda 1 125 gektar maxsus yashil maydonlardan iborat.
Bosh reja doirasida 10 000 gektar qo‘shimcha yashil maydonlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, shahar atrofi bo‘ylab 15 000 gektar yer maydonida yashil belbog‘ barpo etiladi.
Shahar aholisi jonboshiga bugungi kunda to‘g‘ri keladigan 3 kvadrat metr yashil hudud davriy muddatda 8 kvadrat metrga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkentda umumiy hisobda 836 km uzunlikda yo‘llar mavjud. Bosh reyeja doirasida aholining harakatlanishiga bo‘lgan talabini qondirish hamda transport oqimi barqarorligini ta’minlash maqsadida davriy muddatda qo‘shimcha 647 km yangi yo‘llar qurilib, mavjud 140 km yo‘llar kengaytiriladi.
Jamoat transportidan foydalanish ulushini oshirish, shaharning ko‘chalaridagi avtomobillar sonini qisqartirish maqsadida 27 ta transport tarmog‘i markazlari, yangi metropoliten yo‘llari barpo etilishi rejalashtirilgan. 2045-yilgacha jamoat transportidan foydalanish 60 foizgacha oshishi kutiladi.
Bosh reja ikki bosqichda, xususan “birinchi navbatda – 2023-yilgacha" va “hisob davri 2045-yilgacha” amalga oshiriladi.