https://oz.sputniknews.uz/20241226/ozbekiston-rossiya-shifokorlar-noyob-operatsiya-47313507.html
O‘zbekistonda rossiyalik shifokorlar ishtirokida noyob operatsiya o‘tkazildi
O‘zbekistonda rossiyalik shifokorlar ishtirokida noyob operatsiya o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi. 26.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-26T13:40+0500
2024-12-26T13:40+0500
2024-12-26T13:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
jarrohlik amaliyoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1a/47313312_30:0:1251:687_1920x0_80_0_0_2c75d4b6049bada5272dd6ce71130520.jpg
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Bolalar milliy tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi. Jigar transplantatsiyasi — o‘ta noyob operatsiya. Ayniqsa, uni bolalarda o‘tkazish juda murakkab hisoblanadi. Natijada surunkali jigar yetishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qo‘yilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forig‘ bo‘ldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi, boshqacha aytganda, ota o‘z o‘g‘liga ikkinchi umr bag‘ishladi. Hozir bemorning ahvoli yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20221109/jigar-transplantatsiyasi-otkazilgan-bemorlar-uchun-bepul-tibbiy-korik-tashkil-etilmoqda-29846814.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1a/47313312_182:0:1098:687_1920x0_80_0_0_f753c447cafcf4a6bfb6ef8be2477b46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, jarrohlik amaliyoti
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, jarrohlik amaliyoti
O‘zbekistonda rossiyalik shifokorlar ishtirokida noyob operatsiya o‘tkazildi
Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Bolalar milliy tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi.
Jigar transplantatsiyasi — o‘ta noyob operatsiya. Ayniqsa, uni bolalarda o‘tkazish juda murakkab hisoblanadi.
“Ushbu yuqori texnologik amaliyot markaz jarroh va transplantologlari hamda Moskvadagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sun’iy organlar markazi yetakchi mutaxassislari hamkorligida bajarildi”, — deyiladi xabarda.
Natijada surunkali jigar yetishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qo‘yilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forig‘ bo‘ldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi, boshqacha aytganda, ota o‘z o‘g‘liga ikkinchi umr bag‘ishladi.
Hozir bemorning ahvoli yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.