Oqtovdagi aviahalokat: Ozarbayjon FVV jabrlanganlarning ahvoli haqida ma’lum qildi

© Press-slujba akimata Mangistauskoy oblastiPravitelstvennaya komissiya nachala rabotu na meste krusheniya samoleta v Aktau
Pravitelstvennaya komissiya nachala rabotu na meste krusheniya samoleta v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2024
Obuna bo‘lish
Bugun Ozarbayjonda motam kuni boshlandi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Qozog‘istondagi aviahalokatdan jabrlangan 3 nafar Ozarbayjon fuqarosi reanimatsiyada, boshqa jarohatlangan fuqarolarning sog‘lig‘i qoniqarli deb baholanmoqda, ular yaqin kunlarda uylariga yetkaziladi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Kamoleddin Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, reanimatsiyada bo‘lgan uch kishidan tashqari, qolgan jabrlanganlarning sog‘lig‘i qoniqarli deb baholanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari, shuningdek, shifokorlar tavsiyalaridan kelib chiqib, yengil tan jarohati olgan jabrlanganlar yaqin kunlarda psixologik holatini inobatga olgan holda vataniga yetkazilishini ham qayd etdi.
Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida yo‘lovchi samolyotining qulashi munosabati bilan Ozarbayjonda motam kuni boshlandi.
Mirziyoyev samolyot halokati munosabati bilan Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi

“25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan "Embraer 190" yo‘lovchi samolyoti halokatga uchraganligi munosabati bilan 26-dekabr kuni Ozarbayjonda motam e’lon qilindi”, — deyiladi Ozarbayjon prezidentining tegishli farmoyishida.

Sputnik Ozarbayjonning Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ayni paytda boshqarma ma’muriy binosida halok bo‘lganlarning yaqin qarindoshlarining DNK tahlili o‘tkazilmoqda.
Aviahalokat natijasida 38 kishi halok bo‘ldi. Samolyotda 67 kishi - 62 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyotda bo‘lgan 37 nafar Ozarbayjon fuqarosidan 23 nafari halok bo‘lgan, 14 nafari tirik qolgan. Qirg‘izistondan kelgan uch nafar yo‘lovchi ham tirik qolgan. 16 nafar Rossiya fuqarosidan yetti nafari halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari tirik qoldi. Samolyotdagi barcha olti Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘lgan. Parvoz ekipaji besh kishidan iborat edi: ulardan ikkitasi halok bo‘ldi, uchtasi omon qoldi.
Krushenie samoleta v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Qozog‘istonda Bokudan Grozniyga uchayotgan samolyot halokatga uchradi — dastlabki ma’lumotlar
Yangiliklar lentasi
0