Yangi Toshkentda quriladigan “Sankt-Peterburg” mavzesiga eng yaxshi mutaxassislar jalb etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pribil v Sankt-Peterburg
Prezident Uzbekistana pribil v Sankt-Peterburg
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Obuna bo‘lish
Aleksandr Beglov: Loyiha ustida Sankt-Peterburgning shaharsozlik sohasidagi eng yaxshi mutaxassislari ishlamoqda.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Yangi Toshkentda eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilgan holda “Sankt-Peterburg standarti bo‘yicha” mavze qurililadi. Bu haqda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi gubernator matbuot xizmati.
Beglov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga kelgan Mirziyoyevni kutib oldi.
“Shahrimiz sharafiga ko‘chaga nom berish tashabbusi sizga tegishli. Siz bu haqda Rossiya prezidenti bilan uchrashuvlaringizdan birida aytgandingiz. Keyinchalik bu g‘oya butun bir mavzega aylantirildi. Barcha Sankt-Peterburg aholisi nomidan rahmat. Bu biz uchun juda sharafli va mas’uliyatli. Loyiha ustida Sankt-Peterburgning shaharsozlik sohasidagi eng yaxshi mutaxassislari ishlamoqda. Mavze qurilishiga shahardagi yetakchi qurilish tashkilotlarini jalb etishni rejalashtirganmiz. Biz uni Sankt-Peterburg standartiga muvofiq quramiz. Ishonchim komilki, u Toshkentdagi eng go‘zal joylardan biri va aholi uchun juda qulay bo‘ladi”, — dedi Beglov.
Sankt-Peterburg gubernatori, shuningdek, shahar ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston poytaxtining Yangi Toshkent tumanida Sankt-Peterburg mavzesini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Yangi Toshkentning birinchi turar joy va infratuzilma obyektlari qurilishi 2024 yilning aprel oyida boshlangan. Qurilish 2045-yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston yetakchisi Sankt-Peterburg shahriga tashrif doirasida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0