O‘zbekistonda kelasi o‘quv yilida 100 tadan ortiq maktab ochiladi

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaV Buxare postroili novoe zdanie shkoli-internata dlya detey s narusheniyami zreniya
V Buxare postroili novoe zdanie shkoli-internata dlya detey s narusheniyami zreniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Obuna bo‘lish
Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar o‘rgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi. Bu haqda davlat rahbari ishtirokida o‘tgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan axborotda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, 38 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76 foizga yetdi.
“Oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, bu yil 608 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Yoshlarga ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirildi. Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDolojeno o predstoyashix zadachax v sisteme obrazovaniya
Dolojeno o predstoyashix zadachax v sisteme obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Dolojeno o predstoyashix zadachax v sisteme obrazovaniya
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri navbatdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.
“Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktablar tashkil etilib, 257 ming o‘quvchi o‘rni ochiladi. Davlat ta’lim dasturi xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtiriladi. Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar o‘rgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi. Bu yil 1 ming 500 ta umumta’lim maktabida yangi baholash tizimi joriy qilindi. Natijalar tahlilidan kelib chiqib, bu tajriba yana kengaytiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
O‘qituvchilarga malaka toifasini berishda ham raqamlashtirilgan tizimga o‘tilgan. Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi.
Mirziyoyev malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratib, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini ta’kidladi.
“Keyingi yildan hududlardagi malaka oshirish markazlarida o‘quv jarayonlari o‘zgartiriladi. Bunda har bir o‘qituvchining ehtiyojidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan o‘ta olmaganlar alohida dastur asosida qo‘shimcha o‘qitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy sharoitda ish boshlaydi. Barcha markazlar situatsion o‘quv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi”, — deya aniqlik kiritildi xabarda.
Shuningdek, qo‘shimcha manbalar hisobidan, maktab va bog‘chalar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlarini moddiy rag‘batlantirish taklifi bildirildi.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Yuqori sinflarda harbiy vatanparvarlik darslari bir soatga ko‘paytirildi. Ushbu yo‘nalish o‘qituvchilari nufuzini oshirish uchun ularga harbiy unvon berish tartibi belgilandi.
Kelgusi o‘quv yiligacha bu fan bo‘yicha yangi darsliklar ishlab chiqiladi, kasbiy salohiyati yuqori o‘qituvchilar ishga jalb etiladi.
Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta ta’lim maskanida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi. Bu maktablarga tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ham qamrab olinadi.
2025 yildan boshlab, maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
“Metodik mahorat soati”, “Metodik mahorat kuni” kabi malaka oshirish shakllari tashkil qilinadi.
Keyingi yil 162 ta maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi, 100 ta xususiy va mingta oilaviy bog‘cha ochiladi. Bular orqali maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkaziladi.
Maktabga tayyorlov guruhlari bilan boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlarining uzviyligi oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0