Putin ishtirokidagi MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammiti — video

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti 2024-yilda MDHdagi raislik yakunlarini sarhisob qiladi, shundan so‘ng davlat rahbarlari norasmiy muloqotda bo‘lishdi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlarining Yangi yil oldidan an’anaviy norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilganidek, Vladimir Putin sammitda Rossiyaning 2024-yilda MDHga raisligi yakunlarini sarhisob qiladi, shundan so‘ng davlat rahbarlari norasmiy muloqotda bo‘ladi. Bu yil tashkilotga Rossiya raislik qildi, kelasi yili esa bu rol Tojikistonga o‘tadi.
Shuningdek, muhokama chog‘ida MDH davlatlari rahbarlari 2025-yilda G‘alabaning 80-yilligini nishonlashga tayyorgarlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tishadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibiga ko‘ra, MDH davlatlari rahbarlari hamdo‘stlik va mintaqaviy masalalarga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishadi. "Bu norasmiy sammit. Uning qat’iy kun tartibi mavjud emas, davlat rahbarlari bu imkoniyatdan hamdo‘stlikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish, mintaqaviy vaziyat va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun foydalanishadi", dedi matbuot kotibi.
Yangiliklar lentasi
0