Mirziyoyev Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka
V Karabaxe otkrilas shkola imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon prezidentiga yangi muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq tiladi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar berdi Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati.

“Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, prezidentlik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq tiladi. Prezident Ilhom Aliyev ko‘rsatilgan e’tibor va tabrik uchun minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Telefon muloqotida o‘zaro oliy darajadagi tashriflar va muntazam muloqotlarning ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qo‘shgan hissasi qayd etildi. Prezident Ilhom Aliyevning joriy yil O‘zbekistonga davlat tashrifi hamkorlikni yanada mustahkamlashda alohida o‘rin tutgani ta’kidlandi.
Mazkur tashrif doirasida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ikki tomonlama munosabatlar yuksak cho‘qqida ekanini ko‘rsatgani aytildi.

“O‘zbekiston prezidenti Ilhom Aliyevga Ozarbayjonda COP29 ga a’lo darajada mezbonlik qilgani munosabati bilan yana bir bor tabriklab, ushbu muhim voqeani mamlakatning xalqaro nufuzi mustahkamlanayotganining namoyishi sifatida baholadi. Prezident Ilhom Aliyev tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Shavkat Mirziyoyevga COP29 dagi faol ishtiroki uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi”, — deya qayd etildi xabarda.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bundan buyon ham barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirishdi. Hamkorlik istiqbollari, kelgusidagi aloqalar va tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda Bokuda tug‘ilgan. Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini, keyin esa aspiranturani tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Yangiliklar lentasi
0