Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
Obuna bo‘lish
Markaziy bank: mazkur tashkilotga a’zolik ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish imkonini beradi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar Kengashiga a’zo bo‘ldi. Mazkur tashkilotga a’zolik boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimizda islomiy moliya institutlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Kengash faoliyati unga a’zo tashkilotlarga quyidagi masalalarda ko‘maklashishga qaratilgan:
islomiy moliya institutlarini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish;
samarali korporativ boshqaruv mexanizmlari va risk-menejment tizimini joriy qilish;
mazkur sohada kadrlar salohiyatini oshirish, tadqiqotlar olib borish hamda ushbu masalalarda Kengashga a’zo tashkilotlarga ko‘maklashish.
Ma’lumot uchun, Kengash 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Kuala-Lumpurda (Malayziya) joylashgan. Bugungi kunda Kengashning 188 a’zosi, shu jumladan, 81 ta tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar, 10 ta xalqaro hukumatlararo tashkilot va 97 ta bozor ishtirokchilari hisoblanadi. Shuningdek, Kengashga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston moliyaviy regulyatorlari ham a’zo hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0