Endi advokatlar amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot beradi

© Depositphotos / Elnur AmikishiyevYurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo
Yurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
Obuna bo‘lish
Faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Advokatlar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.
“Advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan statistik ma’lumotlar “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga birinchi hisobot davri uchun 10-iyulgacha, ikkinchi hisobot davri uchun kelgusi yilning 10-yanvargacha taqdim etiladi”, — deyilgan xabarda.
Advokat advokatlik tuzilmasidan chiqqan taqdirda, uning advokatlik tuzilmasidan chiqquniga qadar amalga oshirilgan faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ctatistik ma’lumotlar Tizim orqali avtomatik ravishda umumlashtiriladi va har bir hisobot davri yakunlangandan so‘ng kelgusi oyning 15 sanasidan kechiktirmay Advokatlar palatasiga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0