Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

“Magistral Awards 2024” tanlovida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

© YeEK “Magistral Awards 2024” tanlovi
“Magistral Awards 2024” tanlovi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2024
Obuna bo‘lish
YeIK tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mukofot qit’a uchun yagona transport tizimini shakllantirishga hissa qo‘shish uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston vakillari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning transport-logistika kompaniyalari va tashkilotlari bilan birgalikda “Magistral Awards 2024” tanlovida ishtirok etdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
"Magistral Awards" – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Markaziy Osiyo mamlakatlarida transport sohasidagi nufuzli mukofot. Taqdirlash marosimi Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mukofotning maqsadlari:
YeOII yagona transport makonini shakllantirishga ko‘maklashish;
transport va logistika sohasidagi eng muhim integratsiya loyihalarini rag‘batlantirish;
birgalikda transport siyosatini amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni jamoatchilikka namoyish etish;
YeOII transport tizimida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish;
Ittifoqning transport kompleksida kadrlar, media, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
© YeEK “Magistral Awards 2024” tanlovi
 Arzibek Kojoshev vistupil s privetstviyem na seremonii nagrajdeniya pobediteley Yevraziyskoy premii v sfere transporta i logistiki Magistral Awards  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2024
“Magistral Awards 2024” tanlovi
YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning so‘zlariga ko‘ra, bunday g‘oyalarni amalga oshirish biznes uchun qulay shart-sharoitlar va transport-logistika xizmatlari bozorida to‘siqlarsiz muhit yaratish imkonini beradi.
Shuningdek, ishonchli va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, chegarani kesib o‘tish tartib-taomillarini soddalashtirish, xizmatlar sifati va narxini oshirishga xizmat qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mukofot — amalda transport “Oskar”idir.
Yangiliklar lentasi
0