Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi — Orban

© AP / John ThysViktor Orban
Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2024
Obuna bo‘lish
Orban Ukrainadagi mojaroda Yevropa yutqazganini aytdi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Yevropa Ukrainadagi mojaroda mag‘lub bo‘ldi, garchi ular buni “aloqa nayranglari” bilan inkor etishga urinayotgan bo‘lsalar-da. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Yangi voqelik bor, qisman frontda – bu haqda hamma eshitishi mumkin, bu yashirin emas. Rossiya oldinga siljimoqda. Sekin maydalab, oldinga siljimoqda... Yevropa Ittifoqi bu urushda yutqazdi”, — dedi Orban M1 telekanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "hozir ular har xil aloqa nayranglarini ishlatishga harakat qilmoqdalar", masalan, "g‘alaba nimaligini bila olmaysiz", lekin “g‘alaba – mag‘lubiyat, mag‘lubiyat esa g‘alaba” deb tushuntirishga urinish ko‘proq Jorj Oruellaning “1984” romanini eslatadi.
Orban, shuningdek, 2022-yil aprelida Rossiya Federatsiyasi va Ukraina tinchlik bitimini tuzishga “soatlar qolgan”ini, ammo “G‘arb aralashuvi tufayli bu kelishuv imkonsiz bo‘lib qolganini” aytdi.
Yangiliklar lentasi
0