Toshkentda O‘zbekiston-Misr biznes forumi bo‘lib o‘tadi — sana va ishtirokchilar

© Sputnik / Avenir DeberdeyevZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2024
Obuna bo‘lish
Forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari qatnashadi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston-Misr biznes-forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
“24 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston-Misr biznes-forumi bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Tadbirlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Misr rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vaziri Raniya al-Mashat ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, xususan, Misr biznesini El Sewedy Electric, Hassan Allam Holding, ACDIMA, EPICO, Nile sugar, Badawy Group, Masriya machine, Ebtkarat Smart Systems, Solyphar, Al Farouk For Import & Export va boshqa kompaniyalar ham ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Misrning iqtisodiy salohiyati, sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari taqdim etiladi, G2B va B2B muzokaralari o‘tkaziladi, unda tadbirkorlar hamkorlikning manfaatli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.
“Forum yakunlari bo‘yicha iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi”, — deya qo‘micha qilingan xabarda.
Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0