https://oz.sputniknews.uz/20241222/ozbekiston-xitoy-buyuk-ipak-yoli-yuqori-tezlikdagi-temir-yol-ustaxona-47236122.html
O‘zbekiston Xitoy bilan yuqori tezlikdagi temir yo‘l ustaxonasini ochmoqchi
O‘zbekiston Xitoy bilan yuqori tezlikdagi temir yo‘l ustaxonasini ochmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. 22.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-22T14:40+0500
2024-12-22T14:40+0500
2024-12-22T14:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30858927_0:0:1009:568_1920x0_80_0_0_89f1918bdc33902f47e6d3008dcd0df9.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda temir yo‘l transporti sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi, deya xabar berdi Transport vazirligi.Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Xitoy partiya kotibi Chen Guang boshchiligidagi Shinjon temir yo‘l va texnika kasb-hunar kolleji delgatsiyasi bilan uchrashdi.Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida transport va logistika hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.Qayd etilishicha, ushbu loyihaning maqsadi har ikki muassasaning yuqori sifatli ta’lim va o‘qitish tajribasidan foydalanish va temir yo‘l sohasida ta’lim almashinuvi va iste’dodlarni rivojlantirish uchun kengroq platformani taqdim etgan holda har ikki mamlakatda temir yo‘l sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30858927_2:0:826:618_1920x0_80_0_0_9b3f4beecb3da4e0c26db517abaf4257.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, temir yo‘l
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, temir yo‘l
O‘zbekiston Xitoy bilan yuqori tezlikdagi temir yo‘l ustaxonasini ochmoqchi
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda temir yo‘l transporti sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi, deya xabar berdi
Transport vazirligi. Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Xitoy partiya kotibi Chen Guang boshchiligidagi Shinjon temir yo‘l va texnika kasb-hunar kolleji delgatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida transport va logistika hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
“Tomonlar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat transport universiteti Shinjon temir yo‘l va texnika kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda “Buyuk Ipak yo‘li yuqori tezlikdagi temir yo‘l ustaxonasi”ni tashkil etish yuzasidan fikr almashdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu loyihaning maqsadi har ikki muassasaning yuqori sifatli ta’lim va o‘qitish tajribasidan foydalanish va temir yo‘l sohasida ta’lim almashinuvi va iste’dodlarni rivojlantirish uchun kengroq platformani taqdim etgan holda har ikki mamlakatda temir yo‘l sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.