Toshkent dizayn-kodi. Poytaxt qiyofasi qanday o‘zgaradi? — video
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Dizayn-kodimizni ishlab chiqishda biz yaqin va uzoq xorijdagi xorijiy tajribani inobatga oldik, deydi Alixon Ahmadjonov.
Toshkent dizayn-kodini ishlab chiqishda asosan MDH davlatlari shaharsozlik tajribasi inobatga olingan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti “Tashqi reklama” loyihasi bo‘limi rahbari Alixon Ahmadjonov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qildi.
“Dizayn-kodimizni ishlab chiqishda biz yaqin va uzoq xorijdagi xorijiy tajribani inobatga oldik. Bular asosan MDH mamlakatlari edi, chunki bizning shaharlar ko‘rinishiga yondashuvimiz o‘xshash. Biz shaharlarni rivojlantirishda bir xil fikrlaymiz. Chunki Osiyodagi mamlakatlar tajribasini oladigan bo‘lsak, ularning reklamasi ko‘p, yorqin va rang-barang. Yevropani oladigan bo‘lsak, ularda Osiyo mamlakatlariga nisbatan juda kam reklama borligini ko‘ramiz. Ular unchalik yorqin emas. Ya’ni, ularning o‘ziga xos uslubi bor, o‘z shahrining ko‘rinishini saqlab qolishadi. Hammaning yondashuvi turlicha. Biz ikkala usul o‘rtasidamiz”, - dedi Alixon Ahmadjonov.
Batafsil videoda tomosha qiling.