https://oz.sputniknews.uz/20241221/poliklinikalar-markazlashgan-laboratoriyalar-47231023.html
Poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi
Poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
“2025 yil 1-yanvardan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga laboratoriya xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish loyihasi amalga oshirila boshlaydi. Buning uchun tajriba-sinov tariqasida 3 ta hudud — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlari tanlab olindi”, - deyiladi xabarda.
2024-12-21T13:44+0500
2024-12-21T13:44+0500
2024-12-21T13:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
sirdaryo
toshkent
salomatlik
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46071303_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b42e60ac64457468396f7c40c0aae15c.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonda poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, hozir ushbu 3 ta hudud laborantlari Toshkent shahar tibbiy maslahat-diagnostika markazida bu tajribani hayotga tatbiq etish uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ular yetuk mutaxassislar tomonidan maxsus darslarda qatnashib, yangi laboratoriya uskunalarida ishlash ko‘nikmalarini egallamoqda.Laborator tahlillar natijasi tibbiyot muassasalariga elektron axborot tizimi orqali jo‘natiladi va avtomatik ravishda bemorning elektron kartasiga kiritiladi. Bemor birlamchi tizimda emas, boshqa ixtisoslashgan shifo maskanlarida davolanishi kerak bo‘lgan taqdirda ham ushbu baza orqali o‘z natijalarini olishi kafolatlanadi.Loyiha doirasida markazlashgan laboratoriyalarda hududdagi barcha birlamchi bo‘g‘in muassasalariga biriktirilgan aholiga yo‘llanma asosida kafolatlangan paket doirasida xizmat ko‘rsatiladi. Xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46071303_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_be4c1575ff6e2227359d0fe9d5c8ec42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
poliklinikalar markazlashgan laboratoriyalar
poliklinikalar markazlashgan laboratoriyalar
Poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi
Tajriba-sinov tariqasida 3 ta hudud tanlab olindi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonda poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. “2025 yil 1-yanvardan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga laboratoriya xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish loyihasi amalga oshirila boshlaydi. Buning uchun tajriba-sinov tariqasida 3 ta hudud — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlari tanlab olindi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hozir ushbu 3 ta hudud laborantlari Toshkent shahar tibbiy maslahat-diagnostika markazida bu tajribani hayotga tatbiq etish uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ular yetuk mutaxassislar tomonidan maxsus darslarda qatnashib, yangi laboratoriya uskunalarida ishlash ko‘nikmalarini egallamoqda.
Tanlangan 3 ta hududdagi barcha poliklinikalarda aholidan biomateriallarni qabul qilish xonalari tashkil etiladi. Ular maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida zamonaviy markazlashgan laboratoriyalarga yetkaziladi. Ushbu natijalar jahon standartlari asosida ilg‘or usullarda tekshiriladi. Shu tariqa bemorga aniq tashxis qo‘yish imkoni yaratiladi va ortiqcha sarsongarchilikka chek qo‘yiladi.
Laborator tahlillar natijasi tibbiyot muassasalariga elektron axborot tizimi orqali jo‘natiladi va avtomatik ravishda bemorning elektron kartasiga kiritiladi. Bemor birlamchi tizimda emas, boshqa ixtisoslashgan shifo maskanlarida davolanishi kerak bo‘lgan taqdirda ham ushbu baza orqali o‘z natijalarini olishi kafolatlanadi.
Loyiha doirasida markazlashgan laboratoriyalarda hududdagi barcha birlamchi bo‘g‘in muassasalariga biriktirilgan aholiga yo‘llanma asosida kafolatlangan paket doirasida xizmat ko‘rsatiladi. Xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.