Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtiriladi

© Senat Oliy MajlisaSovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2024
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Senatning ikkinchi yalpi majlisida “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shakllarini tugatish, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabini bekor qilish hamda korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash nazarda tutilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaSovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2024
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish talabi kiritilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaSovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2024
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qilish belgilanmoqda.
© Senat Oliy MajlisaSovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2024
Sovershenstvuyutsya pravovie osnovi korporativnix otnosheniy
Senatorlarning fikricha, ushbu qonun:
xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatini va ularni boshqarishni soddalashtirish,
korporativ munosabatlarni takomillashtirish,
xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari va ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilishning yanada ishonchli vositalarini joriy etish,
amaliyotda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qator tartib-taomillar hamda talablarni bekor qilish orqali korporativ munosabatlardagi burokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0