https://oz.sputniknews.uz/20241220/ozbekiston-va-aqsh-ortasida-jstga-azo-bolish-boyicha-muzokaralar-yakunlandi-47216403.html
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan va buning uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda. 20.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-20T13:15+0500
2024-12-20T13:15+0500
2024-12-20T13:29+0500
o‘zbekiston
iqtisod
jahon savdo tashkiloti (jst)
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47216484_0:342:960:882_1920x0_80_0_0_a6cb259292e65791dfe9401e7f745c5e.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida protokol imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.O‘runov, shuningdek, O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishini va’da berdi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun arizani 1994-yilda topshirgan edi. 1998-yilda Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuvda kuzatuvchi maqomini oldi. Shundan so‘ng muzokaralar bir necha yilga to‘xtatib qo‘yildi. 2020-yilda Tashkilotga a’zo bo‘lish uchun qat’iy harakatlar qayta tiklandi. 2022-yil iyun oyidan buyon O‘zbekiston tomoni JSTga a’zo davlatlar bilan tashkilotga a’zo bo‘lish shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.Shu kunga qadar O‘zbekiston 20 tadan ortiq davlat bilan JSTga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. O‘tgan ikki oy davomida Toshkent Xitoy, Pokiston, Tailand, Salvador va Filippin bilan tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47216484_0:252:960:972_1920x0_80_0_0_a7e5efe5d11366f87ebd618cfb754b20.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, iqtisod, jahon savdo tashkiloti (jst), aqsh
o‘zbekiston, iqtisod, jahon savdo tashkiloti (jst), aqsh
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
13:15 20.12.2024 (yangilandi: 13:29 20.12.2024) O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan va buning uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida protokol imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.
"Bugun, 2024-yil 19-dekabr kuni, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish doirasida bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokol imzolandi", - deyiladi xabarda.
O‘runov, shuningdek, O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishini va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun arizani 1994-yilda topshirgan edi. 1998-yilda Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuvda kuzatuvchi maqomini oldi. Shundan so‘ng muzokaralar bir necha yilga to‘xtatib qo‘yildi.
2020 yilda Tashkilotga a’zo bo‘lish uchun qat’iy harakatlar qayta tiklandi. 2022-yil iyun oyidan buyon O‘zbekiston tomoni JSTga a’zo davlatlar bilan tashkilotga a’zo bo‘lish shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Shu kunga qadar O‘zbekiston 20 tadan ortiq davlat bilan JSTga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. O‘tgan ikki oy davomida Toshkent Xitoy, Pokiston, Tailand, Salvador va Filippin bilan tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.