O‘zbekistonda 2025-yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish kutilmoqda
12:25 20.12.2024 (yangilandi: 13:53 20.12.2024)
© Sputnik / Svetlana ShevchenkoKupuri Dollar SShA.
© Sputnik / Svetlana Shevchenko
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 2025-yilgi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi yil 43 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024-yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po itogam raboti v sfere investitsiy v 2024 godu i zadacham na sleduyushiy god
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po itogam raboti v sfere investitsiy v 2024 godu i zadacham na sleduyushiy god
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, bu yil iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 baravar ko‘payib, 36 milliard dollardan oshdi. Bularning hisobiga yil boshidan buyon qo‘shimcha 70 trillion so‘mlik qiymat beradigan 560 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirildi. Kelasi yildan eksportni yana 1 milliard dollarga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yig‘ilishda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 2025-yilgi rejalar to‘g‘risida axborot berdi. Kelgusi yil 43 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu orqali 300 dan ortiq yirik loyiha bajarilishi, import o‘rnini bosuvchi 662 ta yangi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po itogam raboti v sfere investitsiy v 2024 godu i zadacham na sleduyushiy god
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po itogam raboti v sfere investitsiy v 2024 godu i zadacham na sleduyushiy god
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari buning uchun xorijiy investorlar bilan manzilli ishlab, yanada qulayliklar yaratish, erishilgan barcha kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda 1 ming 890 ta loyiha bo‘yicha ish ketmoqda. Ularning ijrosini jadallashtirish uchun mas’ullar belgilandi.
Yig‘ilishda tashqi savdo masalalariga ham e’tibor qaratildi. Hozirgi sharoitda ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po itogam raboti v sfere investitsiy v 2024 godu i zadacham na sleduyushiy god
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po itogam raboti v sfere investitsiy v 2024 godu i zadacham na sleduyushiy god
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mutasaddilarga rejalar ijrosini doimiy tahlil qilib, ishni joylarda sifatli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.