https://oz.sputniknews.uz/20241220/iqtisodiy-korsatgichlar-47224146.html
Prezident kelgusi yilning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aytdi
Prezident kelgusi yilning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yilda 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. 20.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-20T17:15+0500
2024-12-20T17:15+0500
2024-12-20T17:20+0500
prezident
iqtisod
shavkat mirziyoyev
tadbirkor
yaim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47224896_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_60a3b55886a32c9f3153de3be9e318ac.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelgusi yilda YaIMni 120 mlrd dollarga, eksportni 30 mlrd dollarga yetkazadi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,3 foizga oshib, YaIM 111 milliard dollardan oshgan. Investitsiyalar 38 milliard dollarni, eksport hajmi 26 mlrd dollardan oshgan.Yirik soliq to‘lovchilar soni oshib bormoqda Xususan, ishchilar soni 5 mingdan ziyod, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan va kamida 100 milliard so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi, dedi prezident.Eng daromadli sohalar rivojlantiriladi IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirishi, yaratilgan sharoit tufayli qiymati 1 milliard dollardan oshgan “TBC Uzbekistan” va “Uzum” xususiy kompaniyalari paydo bo‘lgani bunga yaqqol misol ekani ta’kidlandi. Bunday kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.Eksportni oshirish uchun sharoit yaratiladiEksport salohiyati yuqori bo‘lgan to‘qimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat kabi sohalarda xomashoni chuqur qayta ishlab yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi. Hozirgi kunda ip-kalavani qayta ishlash darajasi 50 %, xom ipakni qayta ishlash – 75 %, , misni qayta ishlash darajasi 64 % meva-sabzavotda esa 16 % ekani ta’kidlandi. Sanoatda yuqori texnologik ishlab chiqarish ulushi 25 foiz.Kelgusi yilda 20 sotixgacha maydonda “shok” usulida muzlatkich, kalibrovka va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi, meva-sabzavotni qayta ishlash uskunalariga 1 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47224896_108:0:1245:853_1920x0_80_0_0_310b9b4d46b8782f59635d12cf10d718.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, iqtisod, shavkat mirziyoyev, tadbirkor, yaim
prezident, iqtisod, shavkat mirziyoyev, tadbirkor, yaim
Prezident kelgusi yilning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aytdi
17:15 20.12.2024 (yangilandi: 17:20 20.12.2024) Kelgusi yilda 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston kelgusi yilda YaIMni 120 mlrd dollarga, eksportni 30 mlrd dollarga yetkazadi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
"Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilinmoqda", - deyiladi majlis bayonotida.
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,3 foizga oshib, YaIM 111 milliard dollardan oshgan. Investitsiyalar 38 milliard dollarni, eksport hajmi 26 mlrd dollardan oshgan.
Yirik soliq to‘lovchilar soni oshib bormoqda
Xususan, ishchilar soni 5 mingdan ziyod, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan va kamida 100 milliard so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi, dedi prezident.
Eng daromadli sohalar rivojlantiriladi
IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirishi, yaratilgan sharoit tufayli qiymati 1 milliard dollardan oshgan “TBC Uzbekistan” va “Uzum” xususiy kompaniyalari paydo bo‘lgani bunga yaqqol misol ekani ta’kidlandi. Bunday kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.
Eksportni oshirish uchun sharoit yaratiladi
Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan to‘qimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat kabi sohalarda xomashoni chuqur qayta ishlab yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirgi kunda ip-kalavani qayta ishlash darajasi 50 %, xom ipakni qayta ishlash – 75 %, , misni qayta ishlash darajasi 64 % meva-sabzavotda esa 16 % ekani ta’kidlandi. Sanoatda yuqori texnologik ishlab chiqarish ulushi 25 foiz.
Kelgusi yilda 20 sotixgacha maydonda “shok” usulida muzlatkich, kalibrovka va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi, meva-sabzavotni qayta ishlash uskunalariga 1 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi.