O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantiradi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab
V farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Obuna bo‘lish
Farmatsevtikada 1 milliard dollarlik loyihalar shakllantiriladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasterida farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalsya obmen mneniyami po razvitiyu farmatsevticheskoy sferi
Sostoyalsya obmen mneniyami po razvitiyu farmatsevticheskoy sferi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Sostoyalsya obmen mneniyami po razvitiyu farmatsevticheskoy sferi
Aytilishicha, oxirgi 7-yilda farmatsevtikada ishlab chiqarish 2 karra oshgan. Eksport 11 barobar ko‘paygan. 750 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, korxonalar soni 3 barobar o‘sgan.
Mamlakatda 3,5 ming turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Lekin bu talabni to‘la qoplamaydi, deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalsya obmen mneniyami po razvitiyu farmatsevticheskoy sferi
Sostoyalsya obmen mneniyami po razvitiyu farmatsevticheskoy sferi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Sostoyalsya obmen mneniyami po razvitiyu farmatsevticheskoy sferi
Prezident dorilarni mahalliylashtirish va eksportni kengaytirish bo‘yicha quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:
Asaka bank va Farmatsevtika agentliga yirik mahalliy korxonalar bilan birga 2025-yilda keng iste’mol qilinadigan 200 turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hamda ishlab chiqarishni 2 barobar oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi. Bunday loyihalarga xorijdan jalb qilingan 400 million dollar qulay shartlarda yo‘naltiriladi.
Endi farmatsevtika tarmog‘ida Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil qilinadi. Bu jamg‘arma biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlardagi loyihalarga ulush bilan kiradi, ularga katalizator bo‘ladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Asakabankka sohani rivojlantirish uchun 100 million dollar kredit liniyasi ochilgan. Endi bu malag‘ lizing uchun ham beriladi.
Asaka bank tomonidan farmatsevtika sohasida yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 million dollarlik venchur kompaniya ochiladi. Startap loyiha chetdan qancha mablag‘ jalb qilsa, mazkur kompaniya shuncha pulni qo‘shimcha ekspertizasiz beradi.
Yangi ishlanmalar uchun Innovatsiya jamg‘armasidan 20 milliard so‘m grant ajratiladi. Bu olimlar yaratayotgan yangi mahalliy dori ishlanmalarini tijorat loyihasiga aylantirish va startaplar uchun yo‘naltiriladi.
Mahalliy farmatsevtika korxonalariga 2025-yil 1-yanvargacha berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3-yilga uzaytiriladi.
Asaka bank ishtirokida kelgusi yilda har biri 5 gektardan bo‘lgan dorivor o‘simliklar plantatsiyasi barpo etilib, ularni qayta ishlash bo‘yicha 5 ta namunaviy loyiha bajariladi.
“Umuman, farmatsevtikada 1 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilishi belgilandi. Ular talab yuqori dori vositalarini chet elnikidek sifatda ishlab chiqarib, bozorda raqobat yaratib, narxlarni arzonlashtirishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab
V farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
V farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Grand Pharm Logistics Hub” faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu logistika markazi “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasteri hududida o‘n gektar maydonda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lib, uch qavatli ma’muriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan. 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster "Tashkent Pharma Park".
Shavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster Tashkent Pharma Park. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster "Tashkent Pharma Park".
Mahsulotlarni saqlash joyi 50 ming kvadrat metr. Bu yerda katta hajmdagi farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati mavjud. Bu bosqichlar to‘liq raqamlashtirilgan.
Logistika markazi “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteridagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga ham qo‘l keladi. Mahsulotlarni saqlash va eksport qilishlarida xalqaro “SAP” tizimi orqali amaliy yordam beriladi. Buning uchun dori vositalari sifatini ta’minlash bo‘yicha “GDP” va “GSP” sertifikatlari hamda bojxona ombori, xalqaro yuklarni tashish uchun litsenziyalar mavjud.
Bu boradagi talablarni ta’minlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq havoni sovutish tizimlari o‘rnatilgan. Yuklarni ortish paytida ham harorat mo‘’tadilligi ta’minlanadi. Yigirmadan ortiq yuk mashinalarida tashish xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Majmuada bunday transportlar uchun turargoh va texnik xizmat ham tashkil etilgan.
“Bugungi kunda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Fransiya, Vengriya, Ruminiya va Turkiya kabi davlatlar bilan logistik aloqalar o‘rnatilgan. Bu geografiya yildan yilga kengayib bormoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Kompaniya farmatsevtika bozorini muntazam o‘rganib, tibbiyot sohasidagi ehtiyojlarni ham tahlil qilib boradi. Natijada yetkazib berish yo‘nalishi ko‘lami kengayib bormoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab
V farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
V farmatsevticheskom klastere nachal deyatelnost logisticheskiy xab
Ushbu korxona mamlakat hududi bo‘ylab 7 ming 500 dan ortiq dorixonaga tovarlar yetkazib beradi.
Onlayn dorixona xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi hamkorlar soni ham ortmoqda.
Bu yerda “GPH Academy” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Uchta ta’lim dargohida amaliy mashg‘ulot xonalari tashkil etildi.
Uch ming nafar farmatsevt malaka oshirish kurslaridan o‘tdi.
O‘ttiz nafarga yaqin talaba ushbu loyihaning stipendiya va grantlariga ega bo‘ldi.
“Grand Pharm Logistics Hub” tomonidan 40 million dollarlik distributorlik markazi ishga tushirildi va 300 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Korxonalar Turkiya, Hindiston, Xitoy, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Kelgusida sanoat zonasida yana 620 million dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Umuman, klasterda yuqori sifatli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi, import bo‘layotgan mahsulotlar mahalliylashtiriladi, 8 ming ish o‘rni yaratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster "Tashkent Pharma Park".
Shavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster Tashkent Pharma Park. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster "Tashkent Pharma Park".
Aytilishicha, bu yerda Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etildi. Unda farmakopeya markazi, kutubxona, sport majmuasi, o‘qituvchilar va chet ellik xodimlar uchun turar joy bo‘ladi. Sanoat farmatsiyasi, biokimyo va biotibbiyot, biotexnologiya, biofarmatsevtika, bioinformatika kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Buning uchun ta’lim xalqaro dasturlar asosida yo‘lga qo‘yiladi, mikrobiologiya, biotexnologiya, xujayra biologiyasi, farmakologiya, tahliliy kimyo kabi laboratoriyalar tashkil etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster "Tashkent Pharma Park".
Shavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster Tashkent Pharma Park. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev posetil innovatsionniy nauchno-proizvodstvenniy farmatsevticheskiy klaster "Tashkent Pharma Park".
Universitetga joriy o‘quv yilida ilk talabalar qabul qilindi. Prezident ular bilan muloqotda bo‘ldi.
“Biz rivojlangan davlatlardan investorlar olib kelyapmiz. Ular O‘zbekistonga qanday qilib baho beradi? Sizlar bilan muloqot qilib. Mamlakatimizning boyligi – yoshlar! Farmatsevtika bo‘yicha ham eng yaxshi dasturlarni qo‘llab, kelajak uchun mutaxassislarni tayyorlab olmasak, boshqalarga pul to‘laymiz, bog‘liq bo‘lib qolamiz. Shuning uchun zamonaviy universitet tashkil qilib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yapmiz. Bu yerda ham bilim olasizlar, ham o‘qiganlaringizni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0