O‘zbekistonga qaysi davlatlardan ko‘proq sayyohlar kelmoqda — infografika
Obuna bo‘lish
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 7,3 mln chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,15 mln nafarga yoki 18,8% ga oshgan.
Turistlarning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti:
Qirg‘iziston - 2,1 mln nafar;
Tojikiston - 2,1 mln nafar;
Qozog‘iston - 1,4 mln nafar;
Rossiya - 741,2 ming nafar;
Turkmaniston - 171,2 ming nafar;
Turkiya - 108 ming nafar;
Xitoy - 66,6 ming nafar;
Hindiston - 63,4 ming nafar;
Janubiy Koreya - 39,1 ming nafar;
Afg‘oniston - 38 ming nafar;
Boshqa davlatlar - 428,8 ming nafar.