Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII mamlakatlarida sotuvchi va xaridor manfaatlarini hisobga oluvchi huquqiy baza yaratiladi

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishYeAES 2023. Rabota foruma
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2024
Obuna bo‘lish
YeIK: iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda ham tadbirkorlik, ham jamoat tashkilotlarining fikrlarini hisobga olish kerak.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari 2025-yil uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Ittifoqqa a’zo davlatlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida YeOII davlatlarining yaqin kelajak uchun qo‘shma harakatlarining yangi tarmoq dasturini ishlab chiqish boshlandi.
Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatorida:
raqamlashtirish sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat va jamoat institutlariga aholining ishonchini mustahkamlash;
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida innovatsiyalar va intellektual xizmatlarni joriy etish.
Ishtirokchilar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, jumladan, elektron tijorat sohasidagi transchegaraviy nizolarni hal etish muammolari bo‘yicha YeIK tomonidan o‘tkazilgan tahliliy tadqiqot natijalarini ko‘rib chiqishdi.

“Elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish barcha tomonlar manfaatlari muvozanatiga asoslanishi kerak. Albatta, gap birinchi navbatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqida ketmoqda. Lekin iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ham tadbirkorlik, ham jamoat tashkilotlarining fikrlarini hisobga olish kerak. Bu bizga Ittifoq doirasida ham sotuvchi, ham xaridor manfaatlarini inobatga oladigan samarali huquqiy bazani yaratish imkonini beradi”, — dedi YeIK texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiy.

Shuningdek, u butun Ittifoqda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va teng imkoniyatlarni ta’minlash uchun jahon tajribasi va a’zo davlatlarning ilg‘or milliy tajribasini qo‘llash muhimligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0