Tatariston raisi Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashdi — tafsilotlar

© Press-slujba Raisa RT Rais Respubliki Tatarstan pribil v Uzbekistan
 Rais Respubliki Tatarstan pribil v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2024
Obuna bo‘lish
Rustam Minnixonov Buxoroda sanoat parki qurilishining borishi bilan tanishdi va viloyat hokimi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keldi, deya xabar berdi respublika raisi matbuot xizmati.
Rustam Minnixonov Buxoroga ish safari doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan birgalikda “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
“Eslatib o‘tamiz, Tatariston o‘zbekistonlik hamkasblariga sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha maslahat bermoqda. Bugungi kunda Buxoro shahrida, bo‘lajak sanoat parki hududida umumiy maydoni 93 ming kvadrat metr bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish binosi qurilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Foydalanishga topshirish muddati 2025-yilning ikkinchi choragi. Kelgusi yilda sanoat parki hududida polimer quvurlari va poliefir tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Tatariston raisi Botir Zaripov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya-O‘zbekiston do‘stona munosabatlari doirasida hududlar o‘rtasida o‘zaro sheriklikni mustahkamlash uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.
“Biz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdan Tatariston-O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e’tibori va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doimo ko‘maklashish istagi uchun minnatdormiz”, – dedi Rustam Minnixonov.
O‘zbekiston bilan hamkorlik faol rivojlanib, savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib, o‘zaro tashriflar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Jumladan, O‘zbekiston prezidenti joriy yilda Qozonga ikki marta tashrif buyurgan.
So‘ngra tomonlar “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” sanoat parkini rivojlantirish, jumladan, bo‘lajak rezidentlar uchun mutaxassislar tayyorlash masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida Rustam Minnixonov mamlakatlar rahbarlari tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
“Ushbu muhim qo‘shma loyihalar mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlashga qo‘shilayotgan yaxshi hissadir. Biz ularni davlatlararo hamkorlik manfaati yo‘lida eng yuqori darajada amalga oshirishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0