Senatning ikkinchi yalpi majlisi sanasi ma’lum bo‘ldi

© Senat Oliy Majlisa Zakon "Ob elektroenergetike" odobren v novoy redaksii
 Zakon Ob elektroenergetike odobren v novoy redaksii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2024
Obuna bo‘lish
Majlisda senatorlar 10 dan ortiq qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Senatning ikkinchi yalpi majlisi 18-dekabr kuni chaqiriladi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.

"Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida yuqori palataning ikkinchi yalpi majlisini 2024-yil 18-dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
“2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi;
“Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi;
“Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi;
“Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi.
Yangiliklar lentasi
0