https://oz.sputniknews.uz/20241218/ilhom-aliev-ozarbayjon-turkiya-harbiy-bazasiga-muhtoj-emas-47155336.html
Ilhom Aliyev: Ozarbayjon Turkiya harbiy bazasiga muhtoj emas
Ilhom Aliyev: Ozarbayjon Turkiya harbiy bazasiga muhtoj emas
Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon rahbari Aliyev: Mamlakat Turkiya harbiy bazasiga muhtoj emas. 18.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-18T11:12+0500
2024-12-18T11:12+0500
2024-12-18T11:12+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ozarbayjon
turkiya
ilhom aliyev
intervyu
oav
harbiy hamkorlik
ria novosti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28252847_0:33:3058:1753_1920x0_80_0_0_fb2eca43c17e65929128cfb7d2bd5f72.jpg
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. OAVda Turkiyaning Ozarbayjonda harbiy baza qurish rejalari haqidagi xabarlar siyosiy spekulyatsiyadir. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev VGTRK va RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Prezident turk harbiy bazasini Ozarbayjonda joylashtirish rejalari haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi, chunki bugungi kunda dunyoning istalgan nuqtasida bitta harbiy bazani yashirish deyarli mumkin emas. Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar siyosiy spekulyatsiya xarakteriga ega. Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasida tahdid va tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro harbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi band bor, deya eslatdi u. Aliyev mamlakatlar o‘rtasidagi 30-yildan ortiq harbiy hamkorlikda Turkiya va uning harbiy tuzilmalari Ozarbayjon armiyasini modernizatsiya qilish va jangovar salohiyatni yuqori standartlarga yetkazish, operatsiyalarni rejalashtirish, vaziyatni tahlil qilish, harbiy razvedka salohiyatida katta rol o‘ynaganiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Boku Anqara tufayli "harbiy harakatlarda yuqori samaradorlikka" erishgan.
https://oz.sputniknews.uz/20241218/ozarbayjon-rossiya-kompaniya-qorabog-aliev-47153892.html
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28252847_316:0:3047:2048_1920x0_80_0_0_532dd0b171573d8f8e295a28313c171b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ozarbayjon, turkiya, ilhom aliyev, intervyu, oav, harbiy hamkorlik, ria novosti
dunyo yangiliklari, dunyoda, ozarbayjon, turkiya, ilhom aliyev, intervyu, oav, harbiy hamkorlik, ria novosti
Ilhom Aliyev: Ozarbayjon Turkiya harbiy bazasiga muhtoj emas
Ozarbayjon rahbari Aliyev: Mamlakat Turkiya harbiy bazasiga muhtoj emas.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. OAVda Turkiyaning Ozarbayjonda harbiy baza qurish rejalari haqidagi xabarlar siyosiy spekulyatsiyadir. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev VGTRK va RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Qisqasi — kerak emas. Vaqti-vaqti bilan ma’lum ommaviy axborot vositalarida bunday ma’lumotlar paydo bo‘lishini hisobga olgan holda javobimni biroz kengaytirsam, bunga hojat yo‘qligini aytishim kerak”, — dedi Aliyev, "Rossiya segodnya" xalqaro mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselovga bergan intervyusida.
Prezident turk harbiy bazasini Ozarbayjonda joylashtirish rejalari haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi, chunki bugungi kunda dunyoning istalgan nuqtasida bitta harbiy bazani yashirish deyarli mumkin emas.
Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar siyosiy spekulyatsiya xarakteriga ega.
Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasida tahdid va tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro harbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi band bor, deya eslatdi u.
“Agar u yoki bu davlat tashqi tahdid, tashqi tajovuzga duch kelsa, bu Ozarbayjonning ham, Turkiyaning ham yordamga kelishi majburiyatidir. Shuning uchun deklaratsiyaning ushbu bandi o‘z mohiyatiga ko‘ra, muayan hududda doimiy harbiy infratuzilmalarni yaratishni mutlaqo keraksiz qiladi”, — deya tushuntirdi Ozarbayjon rahbari.
Aliyev mamlakatlar o‘rtasidagi 30-yildan ortiq harbiy hamkorlikda Turkiya va uning harbiy tuzilmalari Ozarbayjon armiyasini modernizatsiya qilish va jangovar salohiyatni yuqori standartlarga yetkazish, operatsiyalarni rejalashtirish, vaziyatni tahlil qilish, harbiy razvedka salohiyatida katta rol o‘ynaganiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Boku Anqara tufayli "harbiy harakatlarda yuqori samaradorlikka" erishgan.
“Biz turk do‘stlarimizdan bunday yordam uchun juda minnatdormiz”, — dedi Aliyev.