Fransiyaning Armanistonga qurol yetkazib berishi Ozarbayjonga tahdid solmoqda — Aliyev

© AP Photo / Vadim GhirdaFransuzskie voyennoslujashie vo vremya sovmestnix franko-amerikanskix ucheniy na poligone v Kapu Midiya, na beregu Chernogo morya, Ruminiya, 9-fevralya 2023 g.
Fransuzskie voyennoslujashie vo vremya sovmestnix franko-amerikanskix ucheniy na poligone v Kapu Midiya, na beregu Chernogo morya, Ruminiya, 9-fevralya 2023 g.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2024
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon Rossiya harbiy mahsulotlarini sotib olish uchun yangi arizalar yubordi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Fransiyaning Armanistonga qurol yetkazib berishi Ozarbayjonga tahdid solmoqda. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev VGTRK va RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Makron hukumati Armanistonga yetkazib berayotgan qurollar Ozarbayjonga amaliy xavf tug‘diruvchi tajovuzkor, halokatli qurollardir”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon Boku va Vashingtonni bir necha bor Armanistonni harbiylashtirishni to‘xtatishga chaqirgan.
“Biz Armaniston va uning AQSh Davlat departamentidagi homiylariga buni to‘xtatish kerakligini bir necha bor bildirganmiz. Lekin, afsuski, bizni eshitishmadi. Armanistonni qurollantirish jarayoni jadal sur’atlar bilan davom etmoqda”, — dedi Aliyev.
Uning aytishicha, Ozarbayjon Rossiya harbiy mahsulotlarini sotib olish uchun yangi arizalar yubordi.
“Biz Rossiya mudofaa sanoatida yangi mahsulotlarni diqqat bilan kuzatib boramiz. Bizda allaqachon yangi buyurtmalar mavjud. Nisbatan yaqinda biz ularni yubordik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mudofaa sanoati tayyor bo‘lgani uchun Ozarbayjon yangi shartnomalarni kiritadi.
Yangiliklar lentasi
0