https://oz.sputniknews.uz/20241217/xitoy-rossiya-van-i-47135915.html
Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi — Van I
Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi — Van I
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy tashqi ishlar vaziri: Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan. 17.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-17T14:30+0500
2024-12-17T14:30+0500
2024-12-17T14:30+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
xitoy
van i
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/16/32455043_0:0:3070:1728_1920x0_80_0_0_79e97c04f4521384f7b7d5eebfe12b26.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va birgalikda global strategik barqarorlikni ta’minlaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2024-yildagi xalqaro vaziyat va Xitoy diplomatiyasiga bag‘ishlangan konferensiyada dunyodagi katta o‘zgarishlar sharoitida "Rossiya va Xitoy rivojlanish va tiklanishda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va global strategik barqarorlikni birgalikda himoya qiladi", deb aytdi. Shu bilan birga, vazir Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagani va tashqi aralashuvga duchor bo‘lmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlarining strategik yo‘l-yo‘riqlaridan so‘ng yetuk barqaror va mustaqil bo‘lib borayotganini aytdi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/16/32455043_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_b68edf29025cb285499b0cf540f74798.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, xitoy, van i
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, xitoy, van i
Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi — Van I
Xitoy tashqi ishlar vaziri: Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va birgalikda global strategik barqarorlikni ta’minlaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2024-yildagi xalqaro vaziyat va Xitoy diplomatiyasiga bag‘ishlangan konferensiyada dunyodagi katta o‘zgarishlar sharoitida "Rossiya va Xitoy rivojlanish va tiklanishda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va global strategik barqarorlikni birgalikda himoya qiladi", deb aytdi.
“Xalqaro vaziyatdagi katta o‘zgarishlarga duch kelgan holda, Xitoy va Rossiya yuqori darajadagi o‘zaro strategik ishonchni saqlab qoladi”, — deya qo‘shimcha qildi Van I.
Shu bilan birga, vazir Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagani va tashqi aralashuvga duchor bo‘lmasligini ta’kidladi.
“Xitoy va Rossiya qarama-qarshilikdan ko‘ra muloqotga, ittifoq tuzishdan ko‘ra sheriklikka amal qiladi va yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy barqaror va muvozanatli rivojlanishiga hissa qo‘shadi”, — dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Shuningdek, u Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlarining strategik yo‘l-yo‘riqlaridan so‘ng yetuk barqaror va mustaqil bo‘lib borayotganini aytdi.