Moskvadagi portlashda general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi halok bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoNachalnik rossiyskix voysk RXBZ VS RF Igor Kirillov
Nachalnik rossiyskix voysk RXBZ VS RF Igor Kirillov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2024
Obuna bo‘lish
Kirillov va uning yordamchisi samokatga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirilishi natijasida vafotetdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov Moskva janubi-sharqidagi portlashda halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Davlat tergov boshqarmasi xabar berdi.

“Moskvaning Razan xiyobonidagi turar joy binosi kiraverishi yonida turgan samokatga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirildi. Hodisa oqibatida Kirillov va uning yordamchisi halok bo‘ldi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Qayd etilishicha, portlash 17-dekabr kuni Moskva vaqti bilan taxminan 6:12 da sodir bo‘lgan. Bomba kuchi taxminan 200 gramm trotilga teng. Portlash birinchi qavatdan uchinchi qavatgacha oynaga zarar yetkazdi, shuningdek, qarama-qarshi uydagi oynaga ham ta’sir qildi.
Hozirda ikki harbiy xizmatchining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqea joyida tergovchilar, kriminologlar va tezkor xizmatlar ishlamoqda, hovli o‘rab olingan.

"Igor Kirillov ko‘p yillar davomida anglosakslarning jinoyatlarini muntazam ravishda, faktlar bilan fosh qildi: NATOning Suriyada kimoviy qurol bilan provokatsiyalari, Britaniyaning Solsberi va Eymsberidagi taqiqlangan kimoviy moddalarni manipulyatsiyasi va provokatsiyalari, Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalarining halokatli faoliyati va boshqalar", — deb yozadi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.

Igor Kirillov Kostroma shahrida tug‘ilgan, Kostroma oliy harbiy qo‘mondonlik kimoviy mudofaa maktabini tamomlagan. U general-leytenant harbiy unvoniga ega bo‘lib, Mehnat Qahramoni oltin yulduzi bilan taqdirlangan. Kirillov 54 yoshda edi.
Yangiliklar lentasi
0