https://oz.sputniknews.uz/20241216/xalqaro-olimpiada-samarqand-47120094.html
Xalqaro olimpiada: dunyoning yuzdan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari Samarqandda yig‘ildi
Xalqaro olimpiada: dunyoning yuzdan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari Samarqandda yig‘ildi
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro olimpiadaning asosiy qismida ishtirokchilar tibbiyotning 40 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi. 16.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-16T14:11+0500
2024-12-16T14:11+0500
2024-12-16T14:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
olimpiada
talabalar
tibbiyot muassasi
samarqand davlat tibbiyot universiteti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/10/47118189_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6132d4f5a97f1e8c45772898e21e7c1f.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Samarqandda dunyoning 100 tadan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida xalqaro olimpiada o‘tkazildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Janubiy Koreya kabi jahonning yigirmataga yaqin davlatidan talabalar, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Aytilishicha, 100 tadan ziyod tibbiyot oliygohi ishtirok etgan tadbirda 730 nafardan ortiq ishtirokchi offlayn va 4000 nafarga yaqini onlayn tarzda qatnashgan. Xalqaro olimpiadaning asosiy qismida ishtirokchilar tibbiyotning 40 tadan ortiq yo‘nalishi bo‘yicha ikki bosqichda (test va amaliy ko‘nikmalar) bellashishdi. Shuningdek, talabalar 7-avlod simulyatsion robotlari orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Olimpiada doirasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va xorijiy tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari o‘rasida xalqaro olimpiada tashkil qilindi. Qolaversa, talabalar uchun zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. Olimpiadaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/10/47118189_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_59879d7b7ffb1497c9f92c68ba9e8a75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, samarqand, olimpiada , talabalar, tibbiyot muassasi, samarqand davlat tibbiyot universiteti
jamiyat, o‘zbekiston, samarqand, olimpiada , talabalar, tibbiyot muassasi, samarqand davlat tibbiyot universiteti
Xalqaro olimpiada: dunyoning yuzdan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari Samarqandda yig‘ildi
Eksklyuziv
Xalqaro olimpiadaning asosiy qismida ishtirokchilar tibbiyotning 40 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Samarqandda dunyoning 100 tadan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida xalqaro olimpiada o‘tkazildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Janubiy Koreya kabi jahonning yigirmataga yaqin davlatidan talabalar, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Aytilishicha, 100 tadan ziyod tibbiyot oliygohi ishtirok etgan tadbirda 730 nafardan ortiq ishtirokchi offlayn va 4000 nafarga yaqini onlayn tarzda qatnashgan.
Xalqaro olimpiadaning asosiy qismida ishtirokchilar tibbiyotning 40 tadan ortiq yo‘nalishi bo‘yicha ikki bosqichda (test va amaliy ko‘nikmalar) bellashishdi. Shuningdek, talabalar 7-avlod simulyatsion robotlari orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Olimpiada doirasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va xorijiy tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari o‘rasida xalqaro olimpiada tashkil qilindi.
Qolaversa, talabalar uchun zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. Olimpiadaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.