Rossiyalik ishbilarmonlar ko‘pincha Turkiya, Xitoy va O‘zbekistonga borishadi — Reshetnikov

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinaret Kalyan v Buxare
Minaret Kalyan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2024
Obuna bo‘lish
Moskvada Meet Global MICECongress - yillik xalqaro ishbilarmonlik turizm forumi ish boshladi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiyalik ishbilarmon sayohatchilar ko‘pincha Turkiya, Xitoy va O‘zbekistonga borishadi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov "Meet Global MICECongress: BRICS Edition" forumida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bugun Moskvada "Meet Global MICECongress" - yillik xalqaro ishbilarmonlik turizm forumi ish boshladi. Bu yilgi forum kun tartibining asosiy mavzusi BRIKS mamlakatlari duch keladigan va ishbilarmonlik turizmi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan global muammolar bo‘ladi. Tadbirda Braziliya, Misr, Xitoy, Hindiston, Eron, Janubiy Afrika va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etmoqda.

“Rossiya ishbilarmonlik turizmi bozorining hajmi 2024-yilda chorakka oshdi. Ish safarlarining aksariyati ichki yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi. Bizning eng faol va mashhur ishbilarmon shaharlarimiz uchligi Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburgdir. Xorijiy yo‘nalishlar orasida ishbilarmon sayohatchilarimiz ko‘proq Turkiya, Xitoy va O‘zbekistonga sayohat qilishadi”, — dedi Reshetnikov.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada ishbilarmonlik turizmining rivojlanishiga yagona elektron vizaning joriy etilishi yordam bermoqda.

“Bu yil yana 11 ta davlat bunday vositadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bizda elektron vizaga ega jami 64 ta davlat bor. Shuningdek, guruhli vizasiz turlar. Birgina shu ikki mexanizm orqali biz joriy yilda 1,2 milliondan ortiq xorijiy mehmonlarni jalb etdik. Ularning 30-40 foizini ishbilarmon sayyohlar tashkil etadi”, — dedi vazir.

Reshetnikovning ta’kidlashicha, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishga Rossiyaning sayyohlik salohiyatini tashqi bozorlarda ilgari surish bo‘yicha "Discover Russia" dasturi ham yordam bermoqda.
“Uning doirasida 2024-yilda Hindiston, Xitoy, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda mintaqaviy turizm mahsulotlarini namoyish etdik. Biz do‘st davlatlar bilan marketing bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqdamiz... Biz Xitoy va Hindistondan kelgan sayyohlar uchun 12 ta hududda turmarshrutlarini yaratdik va ularni sinovdan o‘tkazishni boshladik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Uning qayd etishicha, Rossiyada turistik investitsiya loyihalari katalogini tayyorlandi.
Yangiliklar lentasi
0