Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimidan ozod etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal Predsedatelya Kabineta Ministrov – rukovoditelya Administratsii Prezidenta Kirgizskoy Respubliki Akilbeka Japarova.
Shavkat Mirziyoyev prinyal Predsedatelya Kabineta Ministrov – rukovoditelya Administratsii Prezidenta Kirgizskoy Respubliki Akilbeka Japarova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2024
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi raisining vazifalarini Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev bajaradi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston prezidentning tegishli farmoniga tayanib, xabar berdi.
Bugun Aqilbek Japarov Vazirlar Mahkamasi rahbari – Prezident administratsiyasi rahbari lavozimini tark etgani ma’lum bo‘ldi.

“Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmonni prezident Sadir Japarov imzoladi. Vazirlar Mahkamasi raisining vazifalarini raisning birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev bajaradi”, — deyiladi xabarda.

Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasini 2021-yil oktabridan buyon, ya’ni uch yildan ko‘proq vaqt davomida boshqarib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0