https://oz.sputniknews.uz/20241216/ozbekiston-fuqaro-rossiya-ish-migratsiya-47127931.html
Yetti mingga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga borishi kutilmoqda — tafsilotlar
Yetti mingga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga borishi kutilmoqda — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
2024 yilning 9 oyi davomida 50 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlandi.
2024-12-16T18:30+0500
2024-12-16T18:30+0500
2024-12-16T18:30+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
o‘zbekiston
yangi ish o‘rinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/06/20798238_0:130:3183:1920_1920x0_80_0_0_2dee45671c78827d1bb2923f79105c5e.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonning qariyb 7 ming fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketadi. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.Agentlik vakillari allaqachon Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Komsomolsk-na-Amure va Yaltaning ko‘plab qurilish va autsorsing kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishdi.Unga ko‘ra, "Profrezerv" va "Rencons Heavy Industries"kabi kompaniyalar jami 5 ming mutaxassisga ehtiyoj borligini ma’lum qilgan. Ayni paytda mazkur korxonalar obyektlarida 4,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.“Stroy Aktiv” kompaniyasi 2025-yil boshida 600 nafar O‘zbekiston fuqarosini jalb etishni rejalashtirgan. “Legalons” kompaniyasi esa, o‘z navbatida, tovarlarni saqlash, qadoqlash va yetkazib berish bo‘yicha ishlash uchun qo‘shimcha 600 kishini jalb qilmoqda.Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 9 oyi davomida 50 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlangan. Mehnat migrantlarisoni 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 baravarga oshgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/06/20798238_226:0:2957:2048_1920x0_80_0_0_d67e55beefc49d65868c595fcfc3f13f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston fuqarosi rossiya ish migratsiya
o‘zbekiston fuqarosi rossiya ish migratsiya
Yetti mingga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga borishi kutilmoqda — tafsilotlar
2024 yilning 9 oyi davomida 50 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlandi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonning qariyb 7 ming fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketadi. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Agentlik vakillari allaqachon Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Komsomolsk-na-Amure va Yaltaning ko‘plab qurilish va autsorsing kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishdi.
"Alohida kelishuvlar mavjud", — deya tasdiqladi agentlik vakili.
Unga ko‘ra, "Profrezerv" va "Rencons Heavy Industries"kabi kompaniyalar jami 5 ming mutaxassisga ehtiyoj borligini ma’lum qilgan. Ayni paytda mazkur korxonalar obyektlarida 4,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.
“Stroy Aktiv” kompaniyasi 2025-yil boshida 600 nafar O‘zbekiston fuqarosini jalb etishni rejalashtirgan. “Legalons” kompaniyasi esa, o‘z navbatida, tovarlarni saqlash, qadoqlash va yetkazib berish bo‘yicha ishlash uchun qo‘shimcha 600 kishini jalb qilmoqda.
Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 9 oyi davomida 50 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlangan. Mehnat migrantlarisoni 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 baravarga oshgan.