Rossiya 2024-yilda MDHdagi raislik yakunlari haqida ma’lumot beradi — tafsilotlar

Flag SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2024
Obuna bo‘lish
MDH vakillari Minskda yig‘iladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Shu yil 17-dekabr kuni Rossiya 2024-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dagi raislik yakunlari haqida ma’lumot beradi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Shu yil 17-dekabr kuni Minsk shahridagi MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Hamdo‘stlikning nizom va boshqa organlaridagi Doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Doimiy vakillar 2020–2023 yillarda Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Davlatlararo kengash ishini, MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladi.
“Rossiya tomoni 2024-yilda MDHdagi raislik yakunlari haqida ma’lumot beradi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, yig‘ilishda 12-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari ko‘rib chiqiladi. MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga takliflar e’lon qilindi.
Shuningdek, Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan Doimiy vakolatli vakillar kengashining 2025-yilda birgalikdagi faoliyati rejasini tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0