Tailand O‘zbekiston bilan ziyorat turizmini rivojlantiradi

© Unsplash/AXP PhotographyBuxara
Buxara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2024
Obuna bo‘lish
Tailand musulmonlari yetakchilari va ishbilarmonlari O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Tailand ziyorat turizmi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston bosh konsuli Faxriddin Sultonov Tailand Markaziy islom kengashi raisining o‘rinbosari Abdullah Noomsuk bilan uchrashdi. Uchrashuvda, shuningdek, "Uzbekistan Airways" AJning Bangkokdagi vakolatxonasi va milliy sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Tailand tomoniga O‘zbekistonning ziyorat turizmi, investitsiyaviy va savdo imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi.
O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi hamkorlikni, xususan, ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy almashinuv sohalarida kengaytirish uchun yuqori salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
“Muloqot yakunida ikki davlat o‘rtasida madaniy aloqalarni kengaytirish va biznes imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida Tailand musulmonlari yetakchilari va ishbilarmon doiralari delegatsiyasini O‘zbekistonga safarini ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Markaziy Islom Kengashi – Tailanddagi islom dini ishlari bo‘yicha asosiy boshqaruv organi hisoblanadi. Kengash islomiy tashkilotlarni boshqarish va mamlakat musulmonlari manfaatlarini milliy darajada ifodalash uchun mas’uldir.
Yangiliklar lentasi
0