Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaSadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sadir Japarov 13-dekabr kuni Ozodbek Nazarbekovni qabul qildi.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaSadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
Sadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
“Xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. 1992-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi va bu hamkorlikni mustahkamlashda madaniyat muhim o‘rin tutadi”, — dedi Sadir Japarov.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaSadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
Sadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari o‘tkazilganini, unda qirg‘iz-o‘zbek do‘stligiga bag‘ishlangan gala-konsert, ko‘rgazmalar, kinofilmlar namoyish etilganini esladi. U 2025-yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalqning yanada yaqinlashishida muhim voqea bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Japarov Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangani bilan tabriklab, uning mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi.
“Ijodiy yo‘lingiz ko‘pchilikni ilhomlantiradi. 15-dekabr kuni To‘qto‘g‘ul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida bo‘lib o‘tadigan sizlar ishtirokingizdagi musiqiy kecha umumiy madaniy hamjihatligimizning yana bir yorqin namunasi bo‘ladi”, — dedi Sadir Japarov.
Ozodbek Nazarbekov, o‘z navbatida, uning faoliyatiga berilgan sharaf va yuksak baho uchun samimiy minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini alohida ta’kidladi.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaSadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
Sadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
Shuningdek, Nazarbekov ayni damda O‘zbekistonning yetakchi teatrlari qirg‘izistonlik hamkasblari bilan birgalikda ikki xalq o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik timsoliga aylanadigan qo‘shma teatr loyihasini yaratish ustida faol ish olib borayotganini ta’kidladi.