https://oz.sputniknews.uz/20241214/ozbekistonning-yangi-elchisi-turkmaniston-prezidenti-47098369.html
O‘zbekistonning yangi elchisi Turkmaniston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi elchisi Turkmaniston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
2024-12-14T13:21+0500
2024-12-14T13:21+0500
2024-12-14T13:21+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkmaniston
elchi
serdar berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1d/46870222_0:0:812:457_1920x0_80_0_0_fab2e65c16fc94b4aa66dbe5a4f7d633.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA. Diplomat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga samimiy salomlarini yetkazdi. U O‘zbekiston rahbarining mustaqil betaraf Turkmaniston bilan an’anaviy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga katta ahamiyat qaratayotganini ta’kidladi. Uchrashuvda davlatlararo muloqotning barcha miqyosda barqaror va samarali rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, energetika, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik muttasil jadallashayotgani urg‘ulandi. Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek Alimov shu yil 29-noyabr kuni O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi. U 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1d/46870222_0:0:812:609_1920x0_80_0_0_29a55036dd724b923c7589afcdc2ef40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yangi elchi turkmaniston prezidenti
o‘zbekiston yangi elchi turkmaniston prezidenti
O‘zbekistonning yangi elchisi Turkmaniston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Turkmaniston prezidenti Ravshanbek Alimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb
xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Diplomat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga samimiy salomlarini yetkazdi. U O‘zbekiston rahbarining mustaqil betaraf Turkmaniston bilan an’anaviy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga katta ahamiyat qaratayotganini ta’kidladi.
Turkmaniston prezidenti samimiy so‘zlar uchun minnatdorlik bildirib, Ravshanbek Alimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston oliy rahbariyatiga ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari uzoq muddatli hamda strategik xususiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda davlatlararo muloqotning barcha miqyosda barqaror va samarali rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, energetika, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik muttasil jadallashayotgani urg‘ulandi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek Alimov shu yil 29-noyabr kuni O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi. U 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.