https://oz.sputniknews.uz/20241214/ozbekiston-eoii-davlatlari-iqtisodiy-hamkorlik-47094799.html
O‘zbekiston YeOII davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor
O‘zbekiston YeOII davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor
Sputnik O‘zbekiston
Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi.
2024-12-14T10:09+0500
2024-12-14T10:09+0500
2024-12-14T10:31+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
moskva
majlis
o‘zbekiston
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0e/47094397_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_88fc3f6fce70befba976ad8cff3c015b.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Kecha, 13-dekabr kuni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumat portalida xabar berildi. Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi. Shuningdek, majlisda Rossiya Hukumati raisi M.Mishustin, Belarus Bosh vaziri R.Golovchenko, Qozog‘iston Bosh vaziri O.Bektenov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi A.Japarov, Armaniston Bosh vaziri N.Pashinyan, video murojaat orqali Kuba Bosh vaziri M.Kruz qatnashdi. O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi bildirildi. Joriy yil oktabr oyida Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha imzolangan uch yillik Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish boshlangani shuningdek, kelgusi bahorda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va YeOII Ishbilarmonlar kengashining qo‘shma majlisi, shuningdek, O‘zbekiston hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishini tashkil etish bo‘yicha faol tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi. Majlisda O‘zbekiston tomoni ishtirokchilarni davlat rahbarining Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining so‘nggi yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20241213/moskvada-eoii-hukumatlararo-kengashi-majlisi-bolib-otmoqda-47088324.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0e/47094397_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b797a4a5da30b3be8ac14272bfdb00eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yeoii davlatlari
o‘zbekiston yeoii davlatlari
O‘zbekiston YeOII davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor
10:09 14.12.2024 (yangilandi: 10:31 14.12.2024) Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Kecha, 13-dekabr kuni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumat portalida
xabar berildi. Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi.
Shuningdek, majlisda Rossiya Hukumati raisi M.Mishustin, Belarus Bosh vaziri R.Golovchenko, Qozog‘iston Bosh vaziri O.Bektenov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi A.Japarov, Armaniston Bosh vaziri N.Pashinyan, video murojaat orqali Kuba Bosh vaziri M.Kruz qatnashdi.
O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi bildirildi.
Joriy yilning o‘n oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 12 foizga o‘sdi. So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida investitsiya, transport-logistika, turizm sohalarida o‘sish kuzatildi. Bunda ayniqsa, “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport yo‘lagi yaratilgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Joriy yil oktabr oyida Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha imzolangan uch yillik Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish boshlangani shuningdek, kelgusi bahorda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va YeOII Ishbilarmonlar kengashining qo‘shma majlisi, shuningdek, O‘zbekiston hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishini tashkil etish bo‘yicha faol tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Majlisda O‘zbekiston tomoni ishtirokchilarni davlat rahbarining Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining so‘nggi yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.